Buxoroda Nexia ag‘darilib ketishi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi

27 aprel kuni Buxoro viloyatining Romitan tumani hududida Xorazm viloyati Xiva tumanida yashagan M.A.boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashina yo‘l chetiga chiqib, ag‘darilib ketgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Natijada haydovchi M.A. jarohat olib voqea joyida, uning yo‘lovchisi, Andijon tumani Kengash mahallasida yashagan X.I. ismli ayol kasalxonada vafot etgan.
Avtomashinada bo‘lgan yana 2 nafar yo‘lovchiga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib,tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

12:06 / 11.02.2025
Xonadonida sher bolasini noqonuniy saqlab kelgan fuqaro aniqlandi

16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi

15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi

13:07 / 27.07.2024