Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Buxoroda Ibn Sino kollejini ochish to‘g‘risida qaror imzoladi

Foto: Anadolu
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an tomonidan 2019 yil 17 aprel kuni 968-sonli Qarorni imzoladi. Hujjatning ikkinchi bandida Istanbuldagi Sog‘liq bilimlari universitetining Buxoro shahrida kolleji ochilishi belgilangan, deya xabar beradi Resmi gazetasi.
Tibbiy xizmatlar kolleji Ibn Sino nomida bo‘ladi. Sog‘liq bilimlari universiteti rektori professor Javdat Erdo‘l kollej ochilishidan mamnunligini bildirgan .
«O‘zbekiston bizning ota yurtimizdir. O‘zbek qardoshlarimiz bilan madaniyatimiz ham, tariximiz va umidlarimiz ham bir. Bizning qardoshligimiz bugun paydo bo‘lib qolgani yo‘q, bu o‘tmishdan, tarixning tub-tubidan kelayotgan aloqalardir.
Qalbimiz jo‘g‘rofiyasining to‘rida joylashgan O‘zbekistonni tibbiyotdan tortib boshqa sohalarda ham qo‘llab-quvvatlashga shaymiz va bundan g‘urur tuyamiz.
O‘zbekistonning tibbiyot ta'limi bo‘yicha ehtiyojlarini hisob olgan holda dastur ishlab chiqib, kollejni ochamiz. O‘zbek o‘quvchilarimiz, 83 yildan so‘ng prezidentimiz Rajab Toyyib Erdo‘g‘an tashabbusi va qo‘llab-quvvatlashi bilan kuldan qayta bino bo‘lgan universitetda ta'lim olishdan butun umr faxrlanib yuradilar».
Ma'lumot uchun, Sulton Abdulhamid II 1894 - 1903 yillarda Maktabi Tibbiyoyi Shohonani qurdirgan. Aynan ushbu ta'lim maskani bugungi Sog‘liq bilimlari universitetiga poydevor bo‘lgan. Universitet Anqara, Mogadisho va Nyasa shaharlarida bo‘limlariga ega.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Jomboy tumanidagi «zapravka» yonib ketdi
O‘zbekiston | 08:53
-
Rossiya qo‘shinlari Zaporojiye shahri avtovokzaliga aviabomba tashladi
Jahon | 08:53
-
Xorazmda mehnat staji «yasab beruvchi» mutaxassis ushlandi
Jamiyat | 08:02
-
Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida ikkita yangi nazorat-o‘tkazish punkti ochildi
Iqtisodiyot | 07:50
Mavzuga oid

21:55 / 04.08.2025
Saksovulfurushlarni ta’qib qilib, hujumga uchragan inspektorlar taqdirlandi

19:49 / 23.07.2025
Buxoroda elektr toki urishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

12:33 / 11.07.2025
Buxoroda sifati kafolatlanmagan dorilar savdosiga chek qo‘yildi

09:54 / 09.07.2025