Bolalar o‘yinchoqlarining xavfsizligi to‘g‘risida umumiy texnik reglament tasdiqlanadi

Foto: Getty Images
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Bolalar o‘yinchoqlarining xavfsizligi to‘g‘risida umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Bolalar o‘yinchoqlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentiga ko‘ra, o‘yinchoq shunday loyihalanishi va tayyorlanishi kerakki, mo‘ljallangan vazifasi bajarilishida bolalarning va ularga qarab turuvchi shaxslarning sog‘lig‘iga va hayoti uchun xavf tug‘dirmasligi, xavfning bo‘lmasligini ta'minlanishi kerak:
o‘yinchoqning konstruksiyasi tufayli;
qo‘llanilgan materiali tufayli;
konstruksiyasi o‘zgarganda uning bajaradigan vazifasi va asosiy tavsiflari, materialini almashtirish bilan ro‘y berishi mumkin bo‘lgan o‘yinchoqlardan foydalanishda.
O‘yinchoqlardan foydalanishda yuzaga keladigan xavf bolalarning yoshi bilan ajralib turishi kerak.
O‘yinchoqlarni tayyorlashda foydalaniladigan xomashyo toza (iflos bo‘lmagan), noinfiksion va amaldagi tartibga solish sohasidagi normativ hujjat talablariga mos bo‘lishi kerak.
Yoshi 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan o‘yinchoqlarni tayyorlashda tabiiy mo‘ynadan, tabiiy charmdan, oynadan, chinnidan, bo‘yalgan kauchukdan, karton va qog‘ozdan, namlik muhitda o‘lchamlari 5%dan ko‘proqqa oshadigan ovoz chiqaruvchi o‘yinchoqlar ichini to‘ldirishda o‘lchami 3 mm va undan kichik bo‘lgan granulalar bilan to‘ldirishda foydalanish mumkin emas.
Yoshi 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan o‘yinchoqlarda xavflilik darajasi 1 – sinfga mansub bo‘lgan kimyoviy moddalarni qo‘llashga ruxsat etilmaydi.
O‘yinchoqlarda oldin boshqa maqsadlarda ishlatilgan ikkilamchi xomashyoni qayta ishlab olingan materiallarni qo‘llash ruxsat etilmaydi. O‘yinchoqlarni ishlab chiqarishda o‘z korxonasining chiqindilaridan foydalanishga ruxsat beriladi.
O‘yinchoqlarning muhofaza-dekorativ yuzasi qoplamasi namli muhitga, so‘laklar va terlar ta'siriga chidamli bo‘lishi kerak.
O‘yinchoqlarni konstruksiyalash va tayyorlashi shunday bo‘lishi kerakki, ulardan bajaradigan vazifasiga ko‘ra foydalanish vaqtida, bolalarning va ularga qarab turuvchi shaxslarning hayoti hamda salomatliklariga xavf tug‘dirmasligi kerak.
O‘yinchoqlar qismlarining biriktirish ko‘rsatkichlari. O‘yinchoqlar qismlarining biriktirish ko‘rsatkichlarining gigiyenik xavfsizligi texnik reglamentda keltirilgan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.
O‘yinchoqning fizik va mexanik xususiyatlari. O‘yinchoq va uning tarkibiy qismlari hamda ularni biriktiruvchi detallari, o‘yinchoqning bajaradigan vazifasi bo‘yicha foydalanilayotganida yuzaga keladigan mexanik zo‘riqishlarga chidashi, buzilmasligi va iste'mol xususiyatlarini yo‘qotmasligi kerak.
O‘yinchoqning mavjud qirralari, o‘tkir uchlari, qattiq detallari, prujinalar, mahkamlovchi detallar, oraliqlar, burchaklar, bugrilar, elektr shnurlari, arqonlari va mahkamlagichlari bolalarga jarohatlanish xavfini tug‘dirmasligi kerak. O‘yinchoqning qismlarning ochiq qirralari o‘tkir bo‘lmasligi yoki qayrilgan bo‘lishi, g‘udur va yoriqlar bo‘lmasligi, o‘yinchoq tanasi mustahkam bo‘lishi, mahkamlanadigan detallarning o‘tkir uchlariga bolalar barmoqlari kirmasligi, bolt va vint rezba uchlari 3mm dan ko‘p emas va chuqurligi 0,5mm dan kam bo‘lmasligi kerak.
Ichi suyuqlik bilan to‘ldirilgan o‘yinchoqlarda bu suyuqlikning sizilib chiqishiga ruxsat etilmaydi.
O‘yinchoqning harakatlanuvchi tarkibiy qismi bolani jarohat olishi xavfini yuzaga keltirmasligi kerak. Harakatga keltiruvchi mexanizmlar bola uchun zararsiz bo‘lishi kerak.
3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan, bevosita oziq-ovqat mahsulotlarga mahkamlanuvchi o‘yinchoqlar va ularning ajraluvchi detallari o‘lchamlari shunday bo‘lishi kerakki, bularning bola yuqori nafas oluvchi yo‘llariga tushib qolishi xavfini tug‘dirmasligi kerak.
Yumshoq o‘yinchoqlarning ichini to‘ldiruvchi materiallar tarkibida begona qattiq yoki o‘tkir predmetlar bo‘lmasligi kerak. Yumshoq o‘yinchoqlarning choklari mustahkam bo‘lishi kerak.
Oziq-ovqat mahsulotlarida va (yoki) oziq-ovqat mahsulotlari bilan chakana savdoga chiqarilgan o‘yinchoqlar o‘zlarining alohida qadoqlanishlariga ega bo‘lishi talab etiladi. Bu qadoqlanish o‘lchamlari bolaning bo‘g‘ilib qolishi xavfini yuzaga keltirmasligi kerak. Plastmass o‘yinchoqlarning qadoqlanishlarsiz oziq-ovqat mahsulotlari qadoqlanishlari tashqi yuzasida joylashtirishga ruxsat etiladi.
O‘yinchoq va uning tarkibiy qismlari bolani bo‘g‘ilib qolish bilan bog‘liq bo‘lgan xavfini yuzaga keltirmasligi kerak.
Havo o‘tkazuvchi materiallardan tayyorlangan, bolaning boshini to‘liq yopib turuvchi niqoblar va zarbdan saqlovchi bosh kiyimlar, shunday tayyorlanishi kerakki, havo yetmay qolishi natijasida bolaning bo‘g‘ilib qolishi xavfi bartaraf etilishini ta'minlanishi zarur.
Bola gavdasini suv yuzasida ushlab turishga mo‘ljallangan o‘yinchoqlar, shunday tayyorlanishi kerakki, ular germetik bo‘lishi va mustahkam bo‘lishi zarur.
Bola ichiga joylashishi mumkin bo‘lgan va u uchun yopiq muhit bo‘lgan o‘yinchoqlarda, ichkaridan oson ochiladigan tirqichga ega bo‘lishi, shuningdek tashqi yuzasida havo almashtiruvchi tirqichlar bo‘lishi ko‘zda tutilgan bo‘ladi.
Bola og‘irligini ko‘taradigan va u bilan harakatlanadigan o‘yinchoqlar, mustahkam va turg‘un bo‘lishi kerak (ikki g‘ildirakli velosipedlardan tashqari).
Mexanik yoki elektr yuritmaga ega bo‘lgan, erkin harakatlanish mexanizmi yoki uzatish qutichasining neytral holati bo‘lgan o‘yinchoqlar tormozlash qurilmasiga ega bo‘lishi shart. Bola og‘irligini ko‘taradigan va g‘ildiragining harakati bolaning qo‘li oyog‘i orqali amalga oshiriladigan yoki mexanik uzatma orqali elektr yuritma bilan jihozlangan o‘yinchoqlarni tormozlash qurilmalarsiz ishlab chiqarishga ruxsat etiladi. Zanjirli uzatmaga ega bo‘lgan o‘yinchoqlar muhofaza to‘sqichi bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. To‘sqichning tayanch yuzasiga sirpanishni bartaraf etuvchi elementlar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
Bola og‘irligini ko‘taradigan va u bilan harakatlanishga mo‘ljallanmagan o‘yinchoqlar, mustahkam va ag‘darilishga turg‘un bo‘lishi kerak.
Otuvchi mexanizmi bo‘lgan snaryad otuvchi, snaryadi kinetik energiyaga ega bo‘lgan o‘yinchoqlar bolalarni va (yoki) ularga qarab turuvchi shaxslarni jarohat olish xavfini keltirib chiqarmasligi kerak.
10 yoshgacha bolalarga mo‘ljallangan konstruktor-yig‘ilmalar va modellarni yig‘ish jarayonida kavsharlash ruxsat etilmaydi.
Tarkibida qizdirish elementi bo‘lgan o‘yinchoqlarni ishlab chiqarishda quyidagilar ta'minlanishi kerak:
a) hamma mumkin bo‘lgan kontaktlanuvchi yuzalari harorati tegib ketilgan holda bolalarning kuyishga olib kelmasligi kerak;
b) infraqizil nurlanish integral oqimining jadallik darajasi texnik reglamentda keltirilgan gigiyenik xavfsizlik talablarga mos bo‘lishi kerak;
v) o‘yinchoqlarda mavjud bo‘lgan suyuqliklar, bug‘lar yoki gazlar chiqarib tashlanganda (o‘yinchoq ishlashi uchun zarur bo‘lsa) kuyishlarni yoki boshqa jarohatlarni keltirib chiqarishi mumkin va bu haroratni yoki bosimni ko‘tarilishiga olib kelmasligi lozim.
Titrash manbaiga ega bo‘lgan o‘yinchoqlardagi mahalliy titrash darajasi va tovushning jaranglashi darajasi texnik reglamentda keltirilgan gigiyenik xavfsizlik talablariga muvofiq kelishi kerak.
3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga chayqaluvchi va bola og‘zi bilan kontaktlanuvchi o‘yinchoqlarning sirtini bo‘yash va rasmlar chizishga ruxsat etilmaydi.
Stol ustida o‘ynaladigan o‘yinchoqlar hamda qo‘llaniladigan tushuntirish matnlari, rasmlar aniq bo‘lishi va asosiy fonga nisbatan ajralib turishi kerak.
Bo‘yoqlar bilan chaplangan qog‘oz va kartonlardan foydalanish taqiqlanadi. Shuningdek karton va qog‘ozli o‘yinchoqlardagi bo‘yoqning ko‘chishiga ruxsat etilmaydi.
Optik o‘yinchoqlar shunday loyihalanishi va ishlab chiqarilishi kerakki, bolaning ko‘rish qobiliyatining yomonlashuvi xavfini keltirib chiqarmasligi zarur.
Yorug‘lik diodlaridan (svetodiodlaridan) foydalanib tayyorlangan o‘yinchoqlar bolaning ko‘rish organlariga, zararli nurlanishlar hosil qilib, salbiy ta'sir etmasligi kerak.
O‘yinchoqlarda har qanday tipdagi lazerli nurlanish tizimlaridan foydalanish taqiqlanadi.
Mavzuga oid

10:12 / 19.04.2025
Markaziy Osiyo xavfsizlik kengashlari rahbarlari terrorizmga qarshi kurashni muhokama qildi

11:56 / 12.04.2025
YeI bolalar o‘yinchoqlarida qator kimyoviy moddalardan foydalanishni taqiqlayapti

10:05 / 29.03.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston xavfsizlik maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi

18:54 / 10.03.2025