Jahon | 00:00 / 07.04.2019
10620
2 daqiqa o‘qiladi

Netanyaxu G‘arbiy qirg‘oqdagi yahudiylar maskanlarini Isroilga qo‘shib olishni va'da qildi

AFP 2019 / Hazem Bader

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu saylovoldi intervyusida Iordan daryosining G‘arbiy qirg‘og‘idagi bosib olingan Falastin hududlarida joylashgan yahudiylar maskanlarini qo‘shib olishga va'da berdi.

Falastinliklar Isroildan butun G‘arbiy qirg‘oqni Sharqiy Quddus bilan birgalikda qaytarishni talab qilishmoqda. Jahon hamjamiyati ularning bu talabini qo‘llab-quvvatlamoqda.

"Men Quddusni bo‘lishmayman, birorta ham maskanni buzdirmayman, Iordan daryosining g‘arbidagi yerlar ustidan nazoratni saqlab qolishimiz uchun harakat qilaman. Keyingi bosqichga o‘tamizmi? Ha, men bu maskanlar ustidan Isroil suverenitetini qabul qilmoqchiman", - deya Netanyaxudan iqtibos keltiradi Isroil televideniyesining 12-kanali.

1967 yilda bosib olingan va keyinchalik qo‘shib olingan Jo‘lan tepaliklari va Sharqiy Quddusdan farqli o‘laroq, Isroil yuz minglab yahudiylar yashaydigan G‘arbiy qirg‘oqdagi maskanlar ustidan o‘z suverenitetini joriy etmagan.

Mavzuga oid