Jahon | 17:00 / 07.04.2019
31506
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Afrikada fil karkidon ovlayotgan brakonerni o‘ldirdi

Foto: AP Photo / Dolf van Zuydam

Janubiy afrika Respublikasidagi Kryuger milliy parkida fil karkidon ovlayotgan brakonerni toptab tashladi, deb xabar berdi Daily Mail.

Xabarda aytilishicha, bir necha kishi qo‘riqxona hududiga yashirincha kirgan. Fil ularning ko‘z o‘ngida brakonerlardan biriga hujum qilgan.

Voqea joyiga yetib kelgan qo‘riqchilar brakonerning faqat kiyimlarinigina topishgan. Qo‘riqchining aytishicha, uning jasadini sherlar galasi yeb tashlagan.  

Mahalliy politsiya brakonerlarni qo‘lga olganligi aytilmoqda.

Mavzuga oid