Prezident maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov Shofirkondagi maktabga kitoblar sovg‘a qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta'lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi 38-maktabda bo‘lib, o‘quvchilarga kitoblar sovg‘a qildi.
Book challenge bevosita davlat rahbari tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangi loyiha bo‘lib, unda har bir rahbar o‘zining shaxsiy kutubxonasidan o‘zi ta'lim olgan maktab kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qiladi.
Mazkur loyiha yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilishga qaratilgani bilan ham ahamiyatlidir.
Bundan oldin, Abdulla Aripov Jarqo‘rg‘ondagi maktabga o‘z shaxsiy kutubxonasidan kitoblar sovg‘a qilgandi.
Shuningdek, xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov ham o‘zi o‘qigan maktabga kitoblar sovg‘a qildi.
Mavzuga oid

10:29 / 06.02.2025
Adliya vazirligi “Ziyo ulash” kitob ulashish aksiyasini kengaytirmoqda

11:29 / 01.02.2025
O‘zbekistonda kitob o‘qigan mahkumlarning jazo muddati qisqartirilishi mumkin

21:20 / 11.01.2025
Temu'ga majburiyat, telefondagi hujjatlar va mashhur kitoblar tarjimasi - hafta dayjesti

14:39 / 06.12.2024