Qirg‘iziston poytaxtini Manas deb o‘zgartirish taklif qilindi

Foto: barometr.kg
Qirg‘izistonda poytaxt Bishkekni Manas deb o‘zgartirish taklif qilindi. Bunday tashabbus bilan mamlakat prezidenti apparatining sobiq rahbari, davlat maslahatchisi Emilbek Kaptagayev Facebook’da chiqqan.
“Ma'lum vaqt o‘tgandan keyin bizda istak paydo bo‘lmasligi uchun balki poytaxtni birato‘la Manas deb qayta nomlash kerakdir. Bu har tomonlama adolatli bo‘lardi. Bishkek tumani deb esa Sverdlovsk tumanini atash kerak, chunki aynan shu yerda hozirda nimagadir Kuznechniy qo‘rg‘oni deb ataluvchi Pishpek istehkomi joylashgan va ehtimol bir paytlar Bishkek ovuli bo‘lgan”, deb yozgan Kaptagayev.
Davlat maslahatchisi mamlakat poytaxtining atalishiga sabab bo‘lgan Bishkek-botirning mavjud bo‘lgani va ulug‘ ishlarini tarixiy nuqtai nazardan bahsli deb atagan. Uning aytishicha, Bishkek-botir bo‘lganining afsonalardan boshqa birorta ishonchli tarixiy manbasi yo‘q.
Avvalroq Qozog‘istonning yangi prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Qozog‘iston poytaxti Ostonani Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev nomiga Nur-Sulton deb atalishi haqidagi farmonni imzolagan.
Mavzuga oid

18:09 / 22.01.2025
Qirg‘izistonda tirbandliklarga barham berish uchun poytaxtni ko‘chirish taklif qilindi

11:00 / 26.09.2024
Bishkekda davlat xizmatchilariga shaxsiy avtomobilda ishga borish cheklandi

18:02 / 10.08.2024
TezJet aviakompaniyasi Bishkekdan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

21:31 / 23.07.2024