Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Norvegiyada dunyodagi eng baland yog‘och uy qurildi (video)

Foto: Moelven
Baland uylar qurilishi masalalari bilan shug‘ullanuvchi Baland binolar va shahar muhiti bo‘yicha kengash CTBUH o‘tgan hafta Norvegiyada foydalanishga topshirilgan Mjøstårnet osmono‘par binosini dunyodagi eng baland yog‘och uy deb e'lon qildi.
New Atlas nashrining yozishicha, Brumunndal shahrida, Norvegiyadagi eng yirik ko‘l Myos bo‘yida qurilgan binoning balandligi 85,4 metrni tashkil qiladi va u bu ko‘rsatkich bo‘yicha avvalgi yetakchi – Kanadadagi Brock Commons binosidan deyarli 33 metr balanddir.


18 qavatli yog‘och binoning qurilishi 2017 yilda boshlangan. Dastlab uning balandligi 81 metr bo‘lishi ko‘zda tutilgan, biroq arxitektorlar uni 4,4 metrga uzaytirishga qaror qilishgan. Qurilishda ishlangan asosiy material kross-laminatsiya qilingan yog‘och (bir-biriga ustma-ust qo‘yilib, yelimlanib, presslangan taxtalar) hisoblanadi. Bu material yuqori mustahkamlikka ega bo‘lib, shu bilan birga zaharli moddalar chiqarmagan holda qiyin yonadi. Quruvchilar po‘lat yoki beton elementlar o‘rniga brusdan foydalanishgan.

Binoning umumiy maydoni 11,3 ming kvadrat metrni tashkil qilib, uning ichida apartamentlar, mehmonxona, restoran, ofislar va suv havzasi bor.
2018 yilda dunyoda 200 metrdan baland bo‘lgan 143 ta bino qurilgan. Shuningdek, 2018 yil 300 metrdan balandroq bo‘lgan “superbaland binolar” soni bo‘yicha rekordchi bo‘lgan, bunday binolardan o‘tgan yil 18 ta qurilgan. Yangi qurilgan osmono‘par binolarning asosiy qismi Xitoyga to‘g‘ri kelgan (88 ta). Jumladan, 2018 yilda qurilgan eng baland bino Pekindagi 528 metrlik Citic bo‘ldi. Shuningdek, baland binolar qurilishi bo‘yicha 2-o‘rinni AQSh 13 ta bino bilan, 3-o‘rinni esa BAA 10 ta bino bilan egallagan.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Saratovdagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi. Qurbonlar bor
Jahon | 16:19
-
Rossiya fuqarolari zaharlanib vafot etgan Toshkentdagi mehmonxona egasi 8 yilga qamaldi
O‘zbekiston | 16:15
-
Misr O‘zbekistonga oliy navli urug‘lik kartoshkani bepul yetkazib beradi
O‘zbekiston | 15:56
-
Rossiyada sudlangan general Ivan Popov orden bilan taqdirlandi
Jahon | 15:28
Mavzuga oid

13:53 / 22.07.2025
Germaniya va Norvegiya Ukraina uchun havo mudofaasiga birgalikda to‘laydi

08:14 / 09.07.2025
Niderlandiya va Norvegiya Polsha osmonida patrullik qiladi

19:41 / 03.07.2025
Norvegiya ilk bor yadro xavfsizligi bo‘yicha strategiyasini taqdim etdi

16:03 / 17.05.2025