O‘zbekistondan Qozog‘istonga anor olib kirish bo‘yicha qo‘yilgan taqiq olib tashlandi
Ostona shahrida «O‘zdavkarantin» inspeksiyasi boshlig‘i I. Ergashev bilan Qozog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari G.Isayev o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.
«Uchrashuvda anor importiga qo‘yilgan cheklovni bekor qilish, shuningdek, karantin ostidagi mahsulotlarning fitosanitar holati, ikki mamlakat karantin xizmatlari o‘rtasida eksport va import qilinayotgan meva-sabzavotlarni fitosanitar ko‘rikdan o‘tkazishda hamkorlikdagi nazoratni yanada kuchaytirish singari masalalar muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida Qozog‘istonga O‘zbekistondan anor olib kirish uchun o‘rnatilgan vaqtincha taqiq 14 martdan olib tashlanishiga erishildi.
Bugundan e'tiboran eksportchi tadbirkorlar Qozog‘istonga anorni fitosanitar nazoratdan o‘tkazib, eksport qilishlari mumkin», deyiladi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi matbuot xizmati xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston karantin xizmati 20 fevraldan O‘zbekistondan anor olib kirishni vaqtincha taqiqlagan edi.
Mavzuga oid

12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi

18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

21:03 / 27.02.2025
Qozog‘iston benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi

17:32 / 25.02.2025