Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand viloyatida oshxonaga tarqatilgan tovuq go‘shtida 157 turdagi mikrob va bakteriyalar aniqlandi

Illyustrativ foto/RIA Novosti
Oqdaryo tumanining "Ulug‘bek" MFYda istiqomat qiluvchi U.O. tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishni maqsad qildi, deb yozmoqda Zarnews.
Qayd etilishicha, ruxsatnomasiz faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkor Urgut tumanidan parranda go‘shti keltirib, tuman markazidagi umumiy ovqatlanish shoxobchalariga tarqatish bilan shug‘ullangan.
Joriy yilning 22 fevral kuni u Loyish shahridagi kafega bir necha qutida (bir qutida 18-20 ta) tovuq go‘shti olib kelgan. Mahsulotning sifatidan shubhalangan kafe xodimlari uni olishdan bosh tortgach, U.O. go‘shtni shaharchadagi boshqa oshxonaga keltirgan. Bu yerda ham yuqoridagidek holat takrorlangan.
Oshxona bekasi tovuq go‘shtini ko‘rib, iste'molga yaroqsizligini darhol anglaydi. Orada kelishmovchilik kelib chiqadi. Natijada ayol Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Samarqand viloyat hududiy birlashmasining Oqdaryo tuman jamiyatiga shikoyat arizasi bilan murojaat qilgan.
Murojaat tuman DSENM, VSE laboratoriya hamda IHHQX tuman jamiyati mutasaddilari ishtirokida o‘rganilgan. Parranda go‘shti laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazilganda, unda inson salomatligiga zarar yetkazuvchi 157 turdagi mikrob va bakteriyalar aniqlangan.
Bildirilishicha, tarqatilgan parranda go‘shti zudlik bilan tegishli tartibda yo‘q qilingan. Tadbirkorga chora ko‘rilishi uchun hujjatlar tayyorlanib, huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga yuborilgan.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
4 ta viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:58
-
“Bir oyda ikki marta kelishi kerak, ikki oyda bir marta kelyapti” – joylarda chiqindi tashish qanday ishlamoqda?
O‘zbekiston | 18:57
-
Niderlandiya Isroilning genotsidga da’vat qiluvchi vazirlarini «qora ro‘yxat»ga kiritdi
Jahon | 18:45
Mavzuga oid

18:32 / 21.07.2025
Turkiyaning ayrim hududlarida vabo qo‘zg‘atuvchi bakteriyalar topildi

17:19 / 11.07.2025
Idish yuvish gubkasi: hojatxona tagligidan 456 baravar ko‘p bakteriya saqlaydigan oshxona buyumi haqida nimalarni bilasiz?

11:53 / 28.04.2025
Tuproq va ekinlarni «yorituvchi» bakteriyalar yaratildi

23:24 / 31.03.2025