Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Lyuksemburg havo qatnovi to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi

Foto: Pinterest
Lyuksemburg Buyuk Gersogligi tashqi va Yevropa ishlari vaziri J.Asselborn boshchiligidagi delegatsiya bilan Transport vazirligida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb yozmoqda O‘zA.
Muloqot chog‘ida transport-logistika, tranzit sohasidagi hamkorlik O‘zbekiston va Lyuksemburg manfaatlariga birdek xizmat qilishi ta'kidlandi.
Bugungi kunga qadar O‘zbekiston bilan Lyuksemburg o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar amalga oshirilmagan. 2018 yilning sentabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo xalqaro transport yo‘laklari tizimida: strategik istiqbollar va foydalanilmagan imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya doirasida ikki mamlakat aviatsiya ma'muriyatlari “Navoiy” xalqaro intermodal logistika markazi orqali tijoriy qatnovlarni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildi.
Muzokaralar yakuni bo‘yicha ushbu sohadagi hamkorlik loyihalarini ishlab chiqishga kelishildi.
Transport vazirligida Lyuksemburg delegatsiyasi bilan tashkil etilgan uchrashuv chog‘ida ikki davlat aviatsiya ma'muriyatlari o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risida protokol imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Hujjat mamlakatlar o‘rtasida yuk, yo‘lovchi tashish va charter reyslarini amalga oshirishni huquqiy tartibga solishga xizmat qiladi. Lyuksemburgning «Cargolux» aviakompaniyasi uchun 2020 yildan Osiyo mamlakatlariga yuk tashishdagi tranzitlarni “Navoiy” xalqaro intermodal logistika markazi orqali amalga oshirish imkoniyatlarini yaratadi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

21:08 / 09.01.2025
G‘ayrat Fozilov Lyuksemburg valiahd Buyuk gersogiga ishonch yorliqlarini topshirdi

22:14 / 25.12.2024
Lyuksemburg gersogi keyingi yil taxtdan voz kechmoqchi ekanini ma’lum qildi

11:30 / 15.08.2024
Fridman Lyuksemburgdan 16 mlrd dollar talab qilyapti

07:55 / 23.05.2024