O‘zbekiston | 09:50 / 28.02.2019
18565
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqand viloyatidagi suv to‘g‘onida og‘ir vaznli yuk mashinalari harakati taqiqlanadi

Illyustrativ foto/RIA Novosti

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Urgut tumanidagi “Ravotxo‘ja” suv to‘g‘onida og‘ir vaznli yuk mashinalari harakatini taqiqlash to‘g‘risida”gi hujjat loyihasi joylashtirildi.

Hujjat O‘zbekiston Respublikasining “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonunning 5-moddasi, “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonunning 9-moddalariga asosan Urgut tuman Ravotxo‘ja” suv to‘g‘oni ustidan og‘irligi  3 tonnadan yuqori bo‘lgan transport vositalarining  harakatlanishini taqiqlash maqsadida qabul qilinadi.

Hujjat bilan “Zarafshon” magistral tizimidan foydalanish boshqarmasi, viloyat IIB YXXB, viloyat Avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasi, viloyat Avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasi Samarqand ko‘priklardan foydalanish unitar korxonasining Urgut tumanida joylashgan “Ravotxo‘ja” suv to‘g‘onida og‘ir vaznli yuk mashinalari harakatini taqiqlash haqidagi takliflari ma'qullanishi mumkin.

Urgut tumanidagi “Ravotxo‘ja” suv to‘g‘oni ustidan og‘irligi 3 tonnadan yuqori bo‘lgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.

Viloyat IIB YXXB (A.Nosirov)ga “Ravotxo‘ja” suv to‘g‘onining kirish va chiqish joylariga og‘ir vaznli yuk avtotransport vositalarini o‘tishini taqiqlovchi yo‘l belgilarini o‘rnatish hamda tizimli nazorat o‘rnatish topshiriladi.

Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining o‘rinbosari A.Shukurov zimmasiga yuklanadi.

Mavzuga oid