Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bojxonachilar «Qizil simob»ning noqonuniy savdosini fosh etishdi

Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda Buvayda tumanida nodir metallar, zaharli moddalar, davlat standartiga muvofiq 8-toifadagi xavfli yuklarga kiruvchi simob va simob birikmalarining noqonuniy aylanmasi oldini olishga qaratilgan tezkor tadbir o‘tkazdi.
Tadbir davomida fuqaro M.A. sherigi R.A bilan «Neksiya-1» rusumli avtomashinada harakatlanib kelib, fuqaro I.A.ga tegishli bo‘lgan 1 dona shisha idishdagi 620 gramm va 550 dona shisha ampulada 1100 gramm tibbiyotda foydalaniladigan «qizil simob» moddasini «shartli xaridor»ga 70 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, shundan 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Shuningdek, fuqaro M.A. bojxonachilarga o‘z ixtiyori bilan 5 dona shisha ampuladagi 10 gramm bo‘lgan «qizil simob» moddasini topshirdi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Kechki va masofaviy ta’lim shakliga tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan idoralar tasdiqlandi
Ta’lim | 21:40
-
Rossiyaning yagona aviatashuvchisi «Admiral Kuznetsov» konservatsiya qilinadi
Jahon | 21:19
-
Ozarboyjon Rossiyadan AZAL samolyoti halokati uchun javobgarlikni tan olishni talab qildi
Jahon | 21:14
Mavzuga oid

17:28 / 22.01.2025
Qirg‘izistonda simob sotishga uringan o‘zbekistonlik ushlandi

16:02 / 26.04.2022
Davlat bojxona qo‘mitasi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

21:04 / 10.04.2022
Toshkentda qalbaki 6900 dollarni sotmoqchi bo‘lgan guruh qo‘lga olindi

20:37 / 18.11.2021