Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avtomobillardagi piyodalarni aniqlash tizimlari qanchalik samarali?

Foto: IIHS
Avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalar yo‘ldagi baxsiz hodisalar oldini olish maqsadida o‘z avtomobillarini piyodalarni aniqlash tizimlari bilan jihozlashmoqda. Bu tizim yo‘lda kutilmaganda odamlar paydo bo‘lsa, avtomatik ravishda tormozni ishga tushiradi. Yo‘l xavfsizligi sug‘urta instituti (IIHS) tadqiqotchilari bu tizimlarning qanchalik samarali ekanligini aniqlash maqsadida ularni sinashga qaror qilishdi.
Piyodalarni aniqlash tizimi avtopilot funksiyasi bor avtomobillarda mavjud bo‘lib, yo‘lni piyodalar borligiga uzluksiz skanerlash uchun ikkita datchiklar to‘plami qo‘llanadi: bu maqsadda orqani ko‘rish oynasida kameralar va old panjarada datchiklar o‘rnatilgan. Maxsus algoritm mashina oldidagi obekt piyoda ekani yoki yo‘qligini aniqlaydi va u bilan to‘qnashish xavfini baholaydi – agar xavf yuqori bo‘lsa, tizim tormozni insondan ko‘ra tezroq ishga tushiradi.
IIHS’ning xavfsizlikni tekshirish bo‘yicha menejyeri Devid Eylorning aytishicha, insonlarning yo‘lda kutilmaganda paydo bo‘luvchi piyodalarga sustlashgan reaksiyasi ularning past darajadagi diqqat-etibori bilan bog‘langan. Avtomobillarning dasturiy ta'minotida esa chalg‘ituvchi omillar yo‘q va shu sababli u har qanday vaziyatda tezroq harakat qiladi.
Institut bunga ishonch hosil qilish uchun piyodalar paydo bo‘lganda tormozlash tizimiga ega 11 ta yo‘ltanlamas bilan sinov o‘tkazgan. Bu sinov doirasida yuz berishi mumkin bo‘lgan bir nechta xavfli holat ko‘rib chiqilgan.
Avtomobil odamni urib yuboradigan eng ko‘p uchraydigan holatlar quyidagilar:
yo‘lga o‘ng tomondan chiquvchi katta yoshli odam;
ko‘chaga yo‘l chetida turgan avtomobil ortidan yugurib chiquvchi bola;
yo‘lda mashinalar harakatlanishiga orqa tomoni bilan yuruvchi katta yoshlilar.
Sinovlar ancha tinchlantiruvchi natijalarni ko‘rsatgan. Piyodalar paydo bo‘lishiga 4 ta yo‘ltanlamas darhol reaksiya qilgan: Honda CR-V, Subaru Forester, Toyota RAV4 va Volvo XC40. 5 ta model piyodalarni biroz turtib yuborgan, biroq ularga jiddiy zarar yetkazmagan, bular: Chevrolet Equinox, Hyundai Kona, Kia Sportage, Mazda CX-5 va Nissan Rogue. Eng yomon natijalarni esa Mitsubishi Outlander va BMW X1 ko‘rsatgan – bu mashinalarning avtomatik tormoz tizimiga yaxshisi ishonmagan ma'qul, deb xulosa qilishgan mutaxassislar.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shaolin ibodatxonasi bosh rohibi qasamyodni buzish va talon-torojda gumonlanmoqda
Jahon | 22:35
-
Ukraina to‘rt davlat kompaniyalari va fuqarolariga nisbatan sanksiyalar kiritdi
Jahon | 22:11
-
AQSh Xitoy bilan savdo bitimi tuzishga juda yaqin - Tramp
Jahon | 21:49
-
Kim Chen In Amerikaga qarshi urushda g‘alaba qozonishni va’da qildi
Jahon | 21:36
Mavzuga oid

17:45 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi

20:51 / 02.05.2025
Hududlarda 24 ta yerosti piyodalar o‘tish yo‘li qurilishi belgilandi

16:12 / 06.12.2024
Piyodalar xavfsizligini ta’minlash uchun yangi yo‘l belgisi joriy etiladi

19:21 / 15.08.2024