Rog‘un GES to‘g‘onini qurish apreldan davom ettiriladi

Foto: Avesta.Tj
Rog‘un GES to‘g‘onini qurayotgan Italiyaning «Salini Imprejilo» kompaniyasi gidro stansiya ko‘tarmasi barpo etishni davom ettirish uchun tayyorgarlik ishlarini yakunlamoqda.
«Avesta»ning Tojikiston energetika idoralariga asosan xabar berishicha, Italiya kompaniyasi konveyer liniyasini o‘rnatish bo‘yicha ishlarni yakunladi, uning yordamida material to‘g‘onni qurish uchun yetkazib berilmoqda.
Konveyyer liniyasining uzunligi 5,5 ming metrni tashkil etadi. Konveyyer liniyasi materialni to‘g‘on markaziy qismiga yetkazib beradi. Buning uchun 40 million kub metrdan ziyod tosh va shag‘al saqlanmoqda.
2018 yil noyabr oyi o‘rtalarigacha Rog‘un GES to‘g‘oni balandligi 75 metrdan oshdi. Suv omboridagi suv miqdori 214 million kubometrni tashkil etdi. Kutilishicha, ko‘tarma qurilishining davomi joriy yil aprel oyida boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 16 noyabrida Rog‘un GESda gidro elektr stansiya birinchi agregatining tantanali ravishda ishga tushirilishi bo‘lib o‘tdi. O‘sha kundan beri va 2018 yil oxirigacha gidro stansiya tomonidan 90,3 mln. kVt/s elektr energiya ishlab chiqarildi.
Mamlakat Moliya vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilda Rog‘un GES qurilishi uchun 2,1 milliard somoniy (222,6 million dollar) ajratiladi.
So‘nggi yangiliklar
-
Superliga. «Paxtakor» «Navbahor»ni mag‘lub etdi, «Dinamo»-«Nasaf» o‘yini durang bilan yakunlandi
Sport | 23:58 / 06.07.2025
-
Pokistonda 5 qavatli bino qulab tushdi. Qurbonlar bor
Jahon | 23:25 / 06.07.2025
-
Britaniya buyurtmalar yo‘qligi bois Eurofighter Typhoon qiruvchilarini ishlab chiqarishni to‘xtatdi
Jahon | 22:38 / 06.07.2025
-
Xitoy Putindan NATOga hujum qilishni so‘raydi - alyans bosh kotibi
Jahon | 22:07 / 06.07.2025
Mavzuga oid

16:09 / 15.04.2025
Jahon banki Rog‘un GESini qayta tekshirmoqchi. Bunga ekspertlar fikri qanday?

17:52 / 04.12.2024
Tojikiston va Qirg‘iziston umumiy davlat chegarasini delimitatsiya qilishni yakunladi

17:13 / 29.11.2024
Tojikistonda bolalarni xivchin bilan savalagan ayol ushlangani ma’lum bo‘ldi

16:34 / 17.11.2024