Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elektron to‘lov va pullar to‘g‘risida hujjat loyihasi Vazirlar Mahkamasiga kiritildi – manba

O‘zbekiston Respublikasi hududida elektron to‘lov xizmati va munosabatlarini rivojlantirish, shuningdek, elektron pullarni bozor qoidalari asosida tartibga keltiruvchi hujjat loyihalari Vazirlar Mahkamasiga kiritildi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, hujjat loyihalari tegishli va manfaatdor tashkilot, vazirliklar bilan kelishilgan holda ishlab chiqilgan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga tashabbusni kiritish uchun Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan.
O‘zbekiston Respublikasida 2018-2020 yillarda raqamli bankingni rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishilgan holda 2018 yil 8 avgustda tasdiqlangandi.
«O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining qonunida respublikada hisob-kitoblarning samarali tizimini tashkil etish va ta'minlash vazifasi Markaziy bankka yuklatilgani ta'kidlanadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonida Markaziy bank faoliyatining strategik maqsadli yo‘nalishlaridan biri sifatida to‘lov tizimi barqarorligi va uning rivojlanishini ta'minlash belgilandi.
2018 yil davomida Markaziy bankning banklararo to‘lov tizimi orqali amalga oshirilgan operatsiyalar summasi 2017 yilga nisbatan 32 foizga ortib, 845,6 trln. so‘mni, o‘z navbatida amalga oshirilgan operatsiyalar soni esa 74,7 mln. tani tashkil qildi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Isroil BMTning gumanitar yordamini G‘azoga yetkazish uchun yo‘laklar ochishga va’da bermoqda
Jahon | 09:57
-
“Yangi loyihalarda Eron va Rossiyaning ishtiroki kamayib, turkiylarning ahamiyati ortib boryapti” – siyosatshunos
Jahon | 09:02
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
Mavzuga oid

08:07 / 12.05.2025
Vazirlar Mahkamasi binosi madaniy meros obektlari ro‘yxatiga kiritiladi

17:43 / 21.11.2024
Bosh vazir o‘rinbosarlari va vazirlarning barchasi o‘z lavozimini saqlab qoldi (foto)

11:49 / 20.11.2024
Vazirlar Mahkamasi oldida turgan ustuvor vazifalar belgilandi

15:25 / 19.11.2024