Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shohjahon Ergashevning navbatdagi jangi muddati ma'lum bo‘ldi

Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik bokschi Shohjahon Ergashevning (16-0, 14 KO) navbatdagi jangi muddati aniq bo‘ldi. Bu haqda GoSport.uz nashri manbalari xabar bermoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Ergashev o‘zining 17-jangini joriy yilning 13 aprel kuni o‘tkazadi. Bellashuv Nyu-Jyersi shtatining Atlantik Siti shahrida joylashgan Boardwalk Hall arenasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Kechaning asosiy jangida ayollar o‘rtasida super o‘rta vazn toifasining bir yo‘la to‘rtta kamari uchun bahs o‘tkaziladi.
Hozircha Ergashevning raqibi kim bo‘lishi ma'lum emas. Sportchi tez orada bu borada ham ma'lumot berishini ma'lum qilgan. Jang 10 raundga mo‘ljallangan bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Shohjahon Ergashev 15 fevral kuni amerikalik Maykal Foksga (19-1, 5KO) qarshi ringga chiqqan va unda ochkolar bo‘yicha g‘alaba qozongandi.
Shohjahon Ergashev IBF yo‘nalishining yanvar oyi uchun yangilangan reytingida bir pog‘ona ko‘tarilib, 11-o‘ringa joylashgan.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Turkiyaning Shonliurfa shahrida harorat rekord darajaga yetdi
Jahon | 19:23
-
Ispaniya plyajlari Osiyo suvo‘tlari bilan qoplandi
Jahon | 19:06
-
Putin flot kunida Peterburgga bordi. Bu vaqtda Leningrad oblastiga dronlar hujum qildi
Jahon | 18:58
-
Fransuz vaziri yaqin kunlarda arab davlatlari “ilk bor HAMASdan qurolsizlanishni talab qilishlari”ni aytdi
Jahon | 18:55
Mavzuga oid

10:08 / 28.07.2024
Shohjahon Ergashev yana yutqazdi

09:02 / 29.03.2024
Shohjahon Ergashev panamalik bokschini nokautga uchratdi

09:20 / 26.11.2023
Shohjahon Ergashev kamar uchun ilk jangida texnik nokautga uchradi

21:18 / 18.03.2022