Jamiyat | 10:20 / 18.02.2019
12161
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi xonadonga shaxta orqali kirgan o‘g‘ri qo‘lga olindi

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida 13 fevral kuni Alimkent 1-tor ko‘chasida yashovchi I.T. fuqaro Z.N. (ayol)ning uyiga shaxta orqali kirgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, u xonadan umumiy qiymati 14 000 100 so‘mlik sariq metalldan yasalgan zargarlik buyumlari va 2 mln. so‘m pullarini o‘g‘irlab ketgan. I.T. qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid