Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriya muxolifati IShIDni «butkul yo‘q qilish» uchun so‘nggi tayanchini qamal qildi

© AP Photo
2012 yildan buyon AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlab kelinadigan «Suriya Demokratik kuchlari» (Syrian Democratic Forces) mamlakat sharqida, Iroq bilan chegara hududidagi Baguz shahriga hujum boshladi. Ayni vaqtda IShIDning oxirgi tayanchi bo‘lgan bu hudud uchun shafqatsiz janglar olib borilmoqda.
Ikki yil muqaddam Suriya va Iroqning katta qismini nazoratiga olgan IShIDning qolgan-qutgan jangarilari ayni vaqtda Suriyaning Deyr-az-Zor viloyati hududida, Iroq bilan chegarada kichik hududnigina qo‘lda tutib qolgan.
The New York Times xabariga ko‘ra, keyingi ikki hafta davomida Baguzdan 20 mingdan ortiq kishi qochib chiqqan.


Delil Souleiman / AFP / Scanpix / LETA
Suriya Demokratik kuchlari (Bashar Asad rejimiga muxolifat bo‘lgan guruhlardan tarkib topgan) vakili Mustafo Balining ma'lum qilishicha, bir haftalik tanaffusdan keyin IShIDni «butkul yanchib tashlash» uchun qamal boshlandi. Uning aytishicha, Baguzda ayni vaqtda IShID jangarilarining eng tajribali jangarilari qarshilik ko‘rsatmoqda.
«Shafqatsiz janglar ketmoqda. U yerda mudofaani yaxshi biladigan eng tajribali jangarilar qolgan. Shundan tasavvur qilish mumkinki, oldinda katta janglar kutib turibdi», deya uning so‘zlarini keltirmoqda Associated Press.
Keyingi oylarda asosan kurdlardan iborat «Suriya demokratik kuchlari» Amerika aviatsiyasi ko‘magida IShID jangarilarini Suriyaning shimoli-sharqidagi shaharlar va qishloqlardan siqib chiqargan.

2014 yilda IShID Suriya va Iroqda Buyuk Britaniya hududiga teng maydonni egallab olgandi. O‘shanda bu hududda 7,7 million kishi istiqomat qilardi.
Iroq 2017 yilning oxirida IShIDdan ozod etildi, 2018 yil boshiga kelib Suriyaning ham aksar hududi jangarilardan qaytarib olindi.
2018 yilning dekabrida AQSh prezidenti Donald Tramp Suriya hududida ham IShID jangarilari deyarli qolmaganini, shu tufayli 2 ming nafar amerikalik harbiy Suriyadan olib chiqilishini e'lon qildi.
2019 yil fevralida esa Tramp «tez fursatlarda xalifat 100 foiz tor-mor etilgani e'lon qilinishi» haqida gapirdi.
Lekin IShID hamon Suriyaning turli nuqtalarida yashab qolmoqda va tashkilotning ko‘pdan-ko‘p «uyalari»ni butunlay yo‘q qilish ilojsiz ish.
Xuddi shunday vaziyat Iroqda ham kuzatilmoqda. Jangarilar vaqti-vaqti bilan teraktlar sodir etib, o‘zlarining mavjudligini eslatib turishadi. Ayrim hududlarda, jangarilar hujum uyushtirish qobiliyatini ham saqlab qolgan. Hamon tashkilot rahbari Abu Bakr Bag‘dodiy qayerdaligi va uning taqdiri ma'lum emas.
BMT ma'lumotlariga ko‘ra, IShID hamon 14-18 ming jangarini o‘zida birlashtirib turibdi. Shundan 3 ming nafarga yaqini xorijlik jangarilardir.
Qolaversa, IShID ta'siridagi kuchlar Afg‘onistonda, Misrda, Liviyada, Janubi-Sharqiy Osiyoda (Filippin) hamda G‘arbiy Afrikada (Nigeriya, Niger, Chad va boshqa davlatlar) o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.
Shuningdek, butun dunyo bo‘ylab tashkilot g‘oyalari ta'siriga tushgan shaxslar xudkush terrorchiga aylanishmoqda.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi
Jamiyat | 00:31
-
OpenAI sun’iy intellekt asosidagi brauzerini ishga tushiradi
Fan-texnika | 00:11
-
Yevrokomissiya migrantlar oqimi sabab Afrikaga yordam ko‘rsatishni to‘xtatishi mumkin
Jahon | 23:41 / 09.07.2025
-
Rossiya frontda muhim yutuqlarga erishdi, Putin Trampga uzil-kesil yo‘q dedi - “Geosiyosat”
Jahon | 23:17 / 09.07.2025
Mavzuga oid

21:42 / 07.07.2025
AQSh «Hay’at Tahrir ash-Shom» guruhidan terrorchi tashkilot maqomini olib tashladi

17:34 / 07.07.2025
Gretsiya 14 yil ichida ilk bor suriyaliklarga boshpana berishni rad etdi

22:45 / 05.07.2025
Buyuk Britaniya Suriya bilan diplomatik munosabatlarni tikladi

11:07 / 05.07.2025