Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston qishloq xo‘jalik texnikalari Ozarboyjonga eksport qilinadi
Ozarbayjon Qishloq xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasi «O‘zagrotexsanoatxolding» aksiyadorlik jamiyatida bo‘lib, uning tarkibidagi korxonalarda ishlab chiqarilgan zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan tanishdi. Tadbirda Ozarbayjon delegatsiyasi bilan «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ o‘rtasida qishloq xo‘jaligi texnikalarini yetkazib berish yuzasidan muzokara o‘tkazildi.

2018 yilda «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ tomonidan Ozarbayjonga 70 dan ortiq turdagi qishloq xo‘jaligi texnikalari eksport qilingan edi. Joriy yilda Ozarbayjonda o‘tadigan agroko‘rgazmalarda yurtimizda ishlab chiqarilgan texnikalar ham namoyish etiladi. Bu eksport hajmini yanada oshirishga turtki beradi.

«Uchrashuvda ozarbayjonlik mutaxassislar bilan o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildik. Ishlab chiqarishda zamonaviy xorij tajribasini tatbiq etish, chet ellik hamkorlar bilan muzokaralar o‘tkazish orqali tizim korxonalarida mahalliylashtirish darajasini chuqurlashtirish asosiy vazifamizdir. Bu kabi muzokaralar biz ishlab chiqarayotgan qishloq xo‘jaligi texnikalarining ichki va tashqi bozorlarda mustahkam o‘rin egallashiga zamin yaratadi», - dedi «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ boshqaruvi raisi Muxtor Karimov.

Shu kuni «O‘zagrotexsanoatxolding»da Yaponiyaning «Bando Kiko» mashinasozlik kompaniyasi boshqaruvi raisi o‘rinbosari Jay Xuang Sang bilan transport vositalari uchun oynalar ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona tashkil etish bo‘yicha muzokara o‘tkazildi. Unda tomonlar o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Bugungi kunda «O‘zagrotexsanoatxolding» aksiyadorlik jamiyati tarkibida Toshkent va Chirchiq qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi, «Agregat zavodi», «Texnolog», «Urganchkormash» AJ, «UzCLAASAgro», «Lemken-Chirchiq», «O‘zKeysmash» va «Amkodor Agrotexmash» kabi korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda. 2018 yilda ushbu korxonalar tomonidan 11 ming 570 dona qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarildi.

Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodida 7 turdagi traktor, 2 turdagi paxta terish mashinasi, yuk tashishga ixtisoslashgan tirkamalar ishlab chiqarilmoqda. Zavod o‘tgan yilda 900 milliard so‘mlikdan ziyod qishloq xo‘jaligi texnikalarini dehqon va fermer xo‘jaliklariga yetkazib berdi. Shuningdek, korxona faoliyati Germaniya, Italiya, Turkiya, Janubiy Koreya singari davlatlarda ishlab chiqarilgan zamonaviy texnologiyalar hisobiga yanada yaxshilandi. Hozirgi kunda jamiyat tizimidagi korxonalarda ishlab chiqarilayotgan texnikalarni 30-40 foizgacha mahalliylashtirish bo‘yicha jadal ishlar olib borilmoqda.
Mavzuga oid

20:57 / 14.07.2025
AQSh Zangezur yo‘lagini 100 yilga ijaraga olmoqchi

19:18 / 12.07.2025
Ash-Shar’a Bokuga keldi: Ozarboyjon Suriya gaz ta’minotiga yordam bermoqchi

21:05 / 11.07.2025
“Kavkazda Rossiya endi lider emas, oddiy ishtirokchiga aylanmoqda” - siyosatshunos

08:45 / 11.07.2025