Sport | 14:50 / 03.02.2019
4050
2 daqiqa o‘qiladi

Devis kubogi. O‘zbekiston Serbiya to‘sig‘idan o‘tolmadi

O‘zbekistonlik tennischilar Devis kubogining saralash bosqichida Serbiya vakillariga mag‘lub bo‘lishdi. Toshkentda o‘tkazilgan bahslar serblarning 3:2 hisobidagi ustunligi bilan yakunlandi.

1 fevral kungi bahslarda Dushan Layovich Sanjar Fayziyevni mag‘lub etdi  – 7:6 (7:4), 6:3, Filipp Krayinovich esa Denis Istomindan ustun keldi – 6:2, 6:4. 

Turnirga yo‘llanma olish uchun o‘zbekistonliklar qolgan 3ta bahsni o‘z foydalariga hal etishlari kerak edi.

2 fevral kuni bo‘lib o‘tgan juftlik bahslarida Denis Istomin va Sanjar Fayziyev juftligi g‘alaba qozongan. Keyin esa Istomin 2 set davom etgan bahsda Dushan Layovichni mag‘lubiyatga uchratgan va umumiy hisob 2:2 ko‘rinishini olgan. Ammo hal qiluvchi bellashuvda Sanjar Fayziyev Filip Kroyinovichga yutqazib qo‘ygan.

Saralash bosqichidan Serbiya terma jamoasidan tashqari, Belgiya, Niderlandiya, Avstraliya, Italiya, Germaniya, Qozog‘iston, Yaponiya, Kolumbiya, Rossiya, Chili va Kanada vakillari ham muvaffaqiyatli o‘tishgan va Devis Kubogining asosiy bahslariga yo‘l olgan. 

Bu terma jamoalar o‘tgan mavsum yarim finalchilari bo‘lgan Fransiya, Ispaniya, Xorvatiya va AQSh, shuningdek, wild card egalari bo‘lgan Argentina hamda Buyuk Britaniyaga qo‘shiladi.

14 fevral kuni qur'a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi va jamoalar 6 guruhga ajratiladi.

Mavzuga oid