Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIV avtotransport vositalari bo‘yicha eslatma bilan chiqdi

Illyustrativ foto
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan, Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan transport vositalari, shuningdek, trolleybuslar va tramvaylar majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ushbu nizom bilan yuridik shaxslarga qarashli bo‘lgan avtomototransport vositalarining texnik ko‘rigi 1 martdan 30 iyungacha, jismoniy shaxslarga qarashli bo‘lgan avtomototransport vositalarining texnik ko‘rigi esa 1 yanvardan 31 avgustgacha o‘tkaziladi.
«Unutmang, yo‘lovchi tashuvchi va xavfli yuklarni tashuvchi transport vositalari bir yilda ikki marta, birinchi bosqich 1 martdan 30 iyungacha, ikkinchi bosqichda esa, 1 sentyabrdan 31 oktyabrgacha majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Avtomototransport vositangizni majburiy texnik ko‘rikdan belgilangan vaqtda o‘tkazishni unutmang, chunki texnikaning sozligi xavfsizlik garovidir», - deyiladi IIV xabarida.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
Nyu-Yorkda otishma, besh kishi halok bo‘ldi
Jahon | 10:08
-
Andijonda avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchasidagi yong‘inda bir kishi halok bo‘ldi
Jamiyat | 09:58
-
G‘azo hukumati: Isroil ocharchilikni kuchaytirmoqda
Jahon | 09:54
Mavzuga oid

14:36 / 14.07.2025
Lift yiliga kamida bir marta majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi

08:12 / 29.04.2025
Mart oyida avtotransport vositalari savdosi 3 foizga kamaydi

14:03 / 13.01.2025
Import avtomobillarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish vaqti 20 daqiqadan 15 daqiqagacha qisqartiriladi - UzTest

08:30 / 02.11.2024