Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Soliq qarzini plastik kartalardan so‘zsiz undirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom qayta ko‘rib chiqiladi

Davlat soliq qo‘mitasining Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi “Soliq qarzini jismoniy shaxslarning bank plastik kartalaridan so‘zsiz undirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom loyihasi bo‘yicha bayonot berdi.
Avvalroq, bu loyiha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylashtirilgan va ijtimoiy tarmoqlarda keskin bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan edi.
Hujjat loyihasida qarzdor jismoniy shaxslarning soliq qarzi bank plastik kartalaridan oyiga eng kam oylik ish haqining ikki baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda so‘zsiz undirib olinishi nazarda tutilgani e'tirozlarni keltirib chiqardi.
Mazkur qaror loyihasi bo‘yicha keng jamoatchilik tomonidan bildirilgan e'tiroz va takliflar o‘rganilganda, loyiha puxta tayyorlanmaganligi, Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyatining takliflari va tavsiyalari inobatga olinmasdan hamda kelishilmasdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylashtirilganligi aniqlandi.
Nizom loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyatining dastlabki muhokamasida jismoniy shaxslarga qulaylik yaratish maqsadida:
– o‘z majburiyatlarini bajarishlarida servis xizmatini ko‘rsatish;
– davlat soliq inspeksiyasiga tashrif buyurmasdan soliqlarni to‘lash imkoniyatini yaratish;
– ularning yozma roziligi (kelishuv) asosida plastik kartalaridan har oyda kelishilgan mablag‘larni soliq to‘lashga yo‘naltirish nazarda tutilishi belgilangan edi.
Ammo Nizom loyihasida yuqoridagi norma qayd etilmaganligi aniqlanib, loyiha ishlab chiqilishida yo‘l qo‘ygan kamchiliklar va mas'uliyatsizligi uchun Davlat soliq qo‘mitasining mas'ul boshqarma boshlig‘i egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan Nizom loyihasi qaytadan ko‘rib chiqilmoqda hamda unda jismoniy shaxslarning bank kartalaridan mablag‘larni undirish faqatgina ularning roziligi asosida amalga oshirilishi belgilanadi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yevroittifoq bilan savdo bitimi tuzilganini e’lon qildi
Jahon | 00:48
-
Dunyoda elektromobillar savdosi oshmoqda
Avto | 00:26
-
Germaniya janubi-g‘arbida yo‘lovchi poyezdi izidan chiqib ketdi
Jahon | 00:00
-
Tojikistonda 10ta yangi tarixiy-madaniy meros yodgorliklari topildi
Jahon | 23:31 / 27.07.2025
Mavzuga oid

08:16 / 11.07.2021
G20 mamlakatlari moliya vazirlari global soliq to‘g‘risidagi kelishuvni imzoladi

07:41 / 22.04.2021
«Obnal ishi» bo‘yicha navbatdagi sud majlisi bahslar bilan yakunlandi

11:32 / 22.06.2020
Soliq monitoringini o‘tkazish tartibi e'lon qilindi

12:21 / 14.12.2019