MasterCard o‘z logotipini o‘zgartirishga qaror qildi

Foto: Global Look Press/ZUMA/Joan Cros
MasterCard xalqaro to‘lov tizimi rahbariyati kompaniya logotipini o‘zgartirishga qaror qildi. Logotipdan kompaniya nomi “MasterCard” yozuvini olib tashlab, o‘zaro tutashuvchi qizil va sariq aylanalarnigina qoldirish rejalashtirilmoqda. Bu haqdagi xabar kompaniya saytida paydo bo‘ldi.
Kompaniyada izoh berilishicha, ikkita aylana 50 yildan ko‘proq vaqtdan beri to‘lov tizimining taniqlik belgisi bo‘lib xizmat qilmoqda. 80 foizdan ko‘proq odam bu ramzni biror-bir yozuvsiz ham taniydi.
“Raqamli texnologiyalar davridagi o‘zgarishlar zamonaviy oddiylikni talab qiladi”, deb tushuntirgan ushbu qarorni kompaniya vakili Raja Rajamannor.
MasterCard tizimi ayni vaqtda 210 davlatdagi 22 ming moliyaviy tashkilotni birlashtiradi. Kompaniyaning bosh qarorgohi Nyu-Yorkda joylashgan.
Tavsiya etamiz
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hindiston O‘zbekiston bilan investitsiya hajmini oshirishni rejalashtirmoqda
Iqtisodiyot | 09:40
-
Isroil armiyasi G‘azoning qator hududlariga zarba berdi: 41 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 09:20
-
OPEK+ mamlakatlari neft qazib olish hajmini yana oshiradi
Jahon | 09:05
-
Isroil HAMASni o‘t ochishni to‘xtatish taklifini o‘zgartirishga urinishda aybladi
Jahon | 08:45
Mavzuga oid

21:23 / 12.05.2025
Amazon 20 yil ichida kompaniya logotipini birinchi marta o‘zgartirdi

21:52 / 21.06.2024
Uzbekistan Airways logotipini yangiladi, biroq an’anaviy livreyani saqlab qoldi

15:22 / 14.04.2022
MasterCard ilk kriptovaluta kartasini chiqardi

19:59 / 30.03.2022