«Tottenhem» Angliya kubogi o‘yinida javobsiz 7ta gol urdi

Foto: Getty Images
4-7 yanvar kunlari Angliya kubogining uchinchi bosqichi doirasida 30dan ortiq uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi. 4 yanvarga belgilangan yagona o‘yin yirik hisobda yakun topdi: «Tottenhem» to‘rtinchi liga ishtirokchisi «Trenmere» maydoniga safar qilib, 7:0 hisobida zafar quchdi.
Londonliklar safidan Fernando Lorente het-trik, Serj Ore dubl qayd etdi; Son Hyon Min va Harri Keyn ham o‘z hisobiga bittadan gol yozib qo‘ydi.
7:0 hisobidagi ushbu yutuq «Tottenhem»ning rasmiy safar o‘yinlaridagi eng yirik g‘alabasi bo‘ldi. Jamoaning o‘z uyida qozongan eng katta hisobdagi g‘alabalari 1962 yildagi «Kryu»ga qarshi bahs (13:2) va 2009 yilda «Uigan» bilan o‘yinga (9:1) to‘g‘ri keladi. Ma'lumot uchun, klub 1882 yilda tashkil topgan.
«Shporlar»ning to‘rtinchi bosqichdagi raqibi 7 yanvar kuni tashlanadigan qur'ada ma'lum bo‘ladi. Keyingi bosqich o‘yinlari shu oy oxiriga belgilangan.
Angliya kubogi, 1/32 final
Tranmer Rovers - Tottenhem Hotspur - 0:7 (0:1)
4 yanvar. Berkenxed. «Prenton Park».
Gollar: Ore, 40 (0:1). Lorente, 48 (0:2). Ore, 55 (0:3). Son Hyon Min, 57 (0:4). Lorente, 71 (0:5). Lorente, 72 (0:6). Keyn, 82 (0:7).
Tottenhem: Gassaniga, Ore, Deyvis, Sanches (Eyoma, 79), Uoker-Piters, Foyt, Alli, Skipp, Lorente (Keyn, 75), Lukas Moura, Son Hyon Min (Marsh, 65).
Mavzuga oid

19:18 / 08.02.2025
Angliya kubogi. Husanov gol kiritgan o‘yinda «Manchester Siti» kambek qilib, 1/8 finalga yo‘llanma oldi

11:45 / 27.12.2024
Holand penaltidan ham gol urolmadi, «Chelsi» kambek qurboni. APLda Boxing day

11:34 / 30.09.2024
Madrid derbisida to‘polon, «MYu» yirik hisobda yutqazdi. Kun o‘yinlari

13:45 / 08.04.2024