Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kim Chen In Janubiy Koreya yetakchisiga xat yo‘lladi

Foto: REUTERS
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In janubiy koreyalik hamkasbi Mun Chje Inga xat yo‘lladi. Unda KXDR yetakchisi Janubiy Koreya prezidentiga kelgusi yilda qo‘shma sammitlarni ko‘proq o‘tkazishni taklif qildi. Shu tariqa Kim Chen In Koreya yarim oroli denuklearizatsiyasi bilan bog‘liq maqsadlarga tezroq erishishga umid bildirdi. Yonhap agentligi Mun Chje In ma'muriyati bayonotiga asoslanib, shu haqida xabar berdi.
Shuningdek, Kim Chen In Mun Chje Inni mintaqada tinchlik va farovonlikni saqlash bo‘yicha birgalikdagi sa'y-harakatlarni davom ettirishga chaqirdi. "Joriy yilda ikki Koreya yetakchilari mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p yillik adovatni bartaraf etish hamda bizning millatimizni harbiy bosim va xavflardan xalos qilishga doir amaliy choralarni qabul qilishdi", - deya Shimoliy Koreya yetakchisining so‘zlarini keltiradi Ko‘k uy vakili Kim Yui Keom.
O‘tayotgan yilda Janubiy va Shimoliy Koreya yetakchilari uzoq yillik ziddiyatlardan so‘ng uch sammit o‘tkazishdi. Kim Chen In o‘z maktubi bilan ikki mamlakat o‘rtasidagi vaziyat yumshaganini yana bir bor qayd etdi, deb hisoblaydi Reuters.
Mun Chje Inga yo‘llangan xatda Shimoliy Koreya yetakchisi bu yil Seulga tashrif buyura olmaganidan afsusda ekanini bayon qilgan. Tomonlar sentabr oyida Pxenyanda bo‘lib o‘tgan oxirgi, uchinchi sammitda shunga oid kelishuvga erishishdi. Kim Chen Inning ishonch bildirishicha, kelgusida u albatta Janubiy Koreya poytaxtiga tashrif buyuradi.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi
Jamiyat | 23:57 / 17.07.2025
-
Zelenskiy Tramp bilan «mega kelishuv»ni muhokama qilayotganini aytdi
Jahon | 23:47 / 17.07.2025
-
Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak - tadbirkor Murod Nazarov
O‘zbekiston | 22:53 / 17.07.2025
-
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi
Jahon | 22:51 / 17.07.2025
Mavzuga oid

21:38 / 12.07.2025
Lavrov Shimoliy Koreyada Kim Chen In bilan uchrashdi

16:04 / 01.07.2025
Kim Chen In Ukrainada halok bo‘lgan KXDR askarlari xotirasiga hurmat bajo keltirdi

10:48 / 01.07.2025
Kim Chen In «aqlga sig‘mas hodisa»ga guvoh bo‘ldi: uning yangi esminetsi suvga tushirish chog‘ida ag‘darilib ketdi

14:51 / 26.06.2025