2018 yil fotosuratlarda: Kosmosga chiqqan avtomashina, Yerdagi ofatlar va O‘zbekistondagi fleshmoblar
Yakunlanib borayotgan 2018 yilda har yilgidan ko‘ra ko‘proq shov-shuvli voqealar bo‘lib o‘tdi. Quyidagi fotogalereyada yilning eng asosiy voqealari va eng muvaffaqiyatli suratlar yana bir eslab o‘tiladi. Unda o‘quvchi Ilon Mask kosmosga olib chiqqan avtomobildan tortib, O‘zbekistondagi avtomobillar yangi yil arafasida o‘ziga xos fleshmob doirasida archa tasvirini hosil qilishganini ko‘rishi mumkin.

Qushlar migratsiyasi. Isroil. 2018 yilning 22 yanvari

2018 yil, 27 yanvar. Xitoyda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionati O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi.

6 fevralda Space X kompaniyasi dunyodagi eng og‘ir raketa-tashuvchi Falcon Heavy raketasining ilk parvozini amalga oshirdi. Raketa bortiga kompaniya rahbari Ilon Maskning qizil rangdagi Tesla Roadster mashinasi joylashtirildi.

2018 yilning 8 fevrali. Tayvandagi zilzila oqibatlari. 6,4 magnitudali zilzila oqibatida Tayvan sayyohlik markazi binosi va yana to‘rtta bino qulab tushdi. Yuzdan ortiq kishi halok bo‘lib, yuzlab kishilar jarohatlandi.

Fevral oyida Janubiy Koreyaning Pyongchang shahrida Qishki olimpiada o‘yinlari o‘tkazildi. Doping mojarosi tufayli Rossiya turnirdan chetlatildi, ammo rossiyalik sportchilarga Olimpiya atletlari bayrog‘i ostida ishtirok etishga ruxsat berildi

2018 yil, 18 fevral. Migratsiya muammolari bu yilda ham davom etdi. Afrika va Yaqin Sharqdan chiqqan qochqinlar Yevropa tomon xavfli yo‘nalishlarda intilishda davom etishdi. Suratda halokatga uchragan qochqinlar Liviya qirg‘oqlaridan 60 milya masofada qutqaruvchilarni kutishmoqda.

2018 yil 1 mart. Vladimir Putinning Federal majlisga murojaatnomasi.

25 mart kuni Kemerovo shahridagi «Zimnyaya vishnya» savdo markazida ro‘y bergan yong‘in oqibatida 65 kishi, jumladan 41 nafar bola halok bo‘ldi, marhumlar xotirasiga mamlakatda 3 kunlik motam e'lon qilindi.

2018 yil, 17 aprel. Aprel oyida Armanistonda «Baxmal inqilob» bo‘lib o‘tdi va may oyi boshiga kelib so‘l siyosatchi Armen Sarksyan xalq yordamida sobiq prezident Serj Sargsyan bosh vazirlikdan iste'fo berishiga erishib, hukumatni qo‘lga oldi.

2018 yil, 27 aprel. Janubiy Koreya prezidenti Mun Je In va Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In ikki mamlakat chegarasidagi harbiysizlashtirilgan hududda.

2018 yilning 5 mayi. Peterburg politsiyasi prezidentlikka qayta saylangan Putinga qarshi uning inauguratsiya marosimi arafasida muxolifatchi Aleksey Navalniy tarafdorlari tomonidan uyushtirilgan «On nam ne tsar» («U bizga shoh emas») aksiyasi ishtirokchisini jazolashmoqda.

2018 yil, 11 may. G‘azo sektorida yana nizolar tiklandi.

2018 yil, 19 may. Amerikalik qora tanli qo‘shiqchi Megan Markl Buyuk Britaniya qirolligi shahzodasi Garriga turmushga chiqdi.

2018 yil, 28 may. Havayidagi vulqon oqibatlari.

2018 yil, 9 iyun. Kanadada «Katta yettilik» sammiti vaqtida

2018 yil, 12 iyun. Yenot UBS binosi bo‘ylab ko‘tarilib bormoqda

2018 yil, 24 iyun. Saudiya Arabistonida ayollarga avtomobil boshqarishga ruxsat berildi

2018 yil 25 iyun. Rossiyadagi jahon chempionatiga kelgan muxlislar bayram qilishmoqda

2018 yil, 15 iyul. Jahon chempionati finali vaqtida Pussy Riot tashkiloti a'zolari «Lujniki» o‘yingohi maydoniga tushib kelishdi va «Militsioner o‘yinga qo‘shiladi» aksiyasi orqali o‘z noroziliklarini shu tariqa izhor qilishdi.

2018 yil, 15 iyul. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron jahon chempionati finalida fransuzlarning golini nishonlamoqda.

2018 yil, 15 iyul. Fransiya jahon chempioni
2018 yil, 15 iyul. Jahon chempionati taqdirlash marosimi. Yomg‘ir sharros quyib turgan mahalda faqatgina Putinga soyabon keltirildi.

2018 yil, 16 iyul. Donald Tramp va Vladimir Putin Xelsinkidagi sammit vaqtida uchrashdi

2018 yil, 2 avgust. Kaliforniyada yirik o‘rmon yong‘inlari

2018 yil 15 avgusti. Italiyaning Genuya shahrida avtomobil ko‘prigi qulashi oqibatida 25 kishi halok bo‘ldi.

2018 yil, 18 avgust. Shimoliy koreyalik soldatlar

2018 yil, 18 avgust. Venesueladagi inflatsiya: 14,600,000 bolivarga 2,4 kg og‘irlikdagi jo‘ja

2018 yil 6 sentabr. Yaponiyadagi zilzila oqibatlari

2018 yil, 28 sentabr. Baliqchilar Mikroneziyadagi aviahalokatdan keyin jabrlanganlarga yordam ko‘rsatishmoqda

2018 yil, 6 oktabr. Indoneziyadagi zilzila oqibatlari

2018 yil oktabr. Hondurasda ochlik

2018 yil, 3 oktabr. Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Konservativlar partiyasi konferensiyasining oxirgi kunida sahnaga raqs tushib chiqib kelmoqda.

Pedro Pardo / AFP / Scanpix / LETA
Oktabr oyi oxirida iqtisodiy qashshoqlik ichida qolgan Hondurasdan chiqqan minglab kishilar AQSh tomonga yo‘l olishdi. Markaziy Amerika va Meksika bo‘ylab o‘tgan hondurasliklarning bir qismi hibsga olindi, ko‘pchilik ortga qaytishga majbur bo‘ldi.

Noyabr oyida Kaliforniya shtatida yanada yirik va dahshatli o‘rmon yong‘inlari bo‘lib o‘tdi. Tabiiy ofatlar natijasida yuzlab kishilar halok bo‘ldi, mingdan ortiq kishi bedarak ketdi. Bu Qo‘shma Shtatlar tarixidagi eng yirik o‘rmon yong‘inlari bo‘ldi

2018 yil, 30 noyabr. Alyaskada zilzila oqibatlari

2018 yil, 1 dekabr. Noyabr oyining ikkinchi yarmida Fransiyada benzin va yoqilg‘i narxlari oshishiga qarshi «Sariq jiletlilar» aksiyasi boshlandi. Ikki hafta davom etgan aksiyalardan keyin Fransiya hukumati yon berishga majbur bo‘ldi, yoqilg‘i narxlari oshmaydigan bo‘ldi. Keyinroq namoyishchilar boshqa ijtimoiy islohotlar o‘tkazishni va mamlakat prezidenti Emmanuel Makronning iste'fosini ham talab qilishdi va namoyishlarning yangi to‘lqini boshlandi.

Yevropa kosmik agentligi Marsdagi Korolyov kraterining Mars Express zondi tomonidan olingan fotosuratini e'lon qildi. Sovet kosmik apparatlari konstruktori Sergey Korolyov sharafiga nomlangan krater Marsning shimoliy qutb qalpog‘ini o‘rab turuvchi Olimpiya qumtepa maydonlarida joylashgan. Korolyov kraterining diametri 82 kilometr bo‘lib, to‘liq muz bilan qoplangan. Muz qoplami yil davomida erimaydi. Krater markazida muzning qalinligi 1,8 kilometrga yetadi.

22 dekabr kuni Indoneziya qirg‘oqlariga sunami yopirildi. Halok bo‘lganlar soni 400 nafardan oshdi, 800dan ortiq kishi jabrlandi.

Vodiy viloyatlaridagi siqilgan gaz quyish shoxobchalarida kilometrlab navbatlar yuzaga kelgan vaqtda Namangan shahridagi otchopar hududida haydovchilar tomonidan Yangi yil fleshmobi o‘tkazildi: 400 ta avtomobildan archa hosil qilindi. YHXB avtomobillari esa uning yulduzi bo‘lishdi. Keyinchalik bu fleshmobga Samarqand va Buxorodagi avtomobillar egalari ham qo‘shilishdi.


Aziz Qarshiyev
Mavzuga oid

23:05 / 31.12.2024
Yil yakunlari: O‘zbekiston 2024 yilni qanday o‘tkazdi?

14:03 / 31.12.2024
Saylovlar, urushlar, suiqasdlar - jahonda 2024 yilning asosiy 10 voqeasi

21:07 / 19.12.2024
Putin bilan yil yakunlari: asosiy savollarga javoblar haqida qisqacha

20:20 / 31.12.2023