Turkiya prezidentiga aloqasi borligi aytiluvchi turk klubi O‘zilga qiziqish bildirmoqda

Foto: Getty Images
«Istanbul» klubi prezidenti Go‘ksel Gumushdag‘ «Arsenal» yarimhimoyachisi Mesut O‘zilning ehtimoliy transferi haqida gapirib o‘tdi. Uning so‘zlarini Bild nashri chop etgan.
«Mesut O‘zil – qimmatbaho futbolchilardan. U bilan qachondir «Istanbul»da yo‘llarimiz tutashadi, deb umid qilaman. Agar u safimizda o‘ynashni istasa, uni qo‘lga kiritish uchun barcha ishni qilamiz», - dedi funktsioner.
Ushbu klub Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga aloqador ekani aytiladi. JCh-2018 oldidan Erdo‘g‘an va O‘zil uchrashib, suratga tushishgan, bu esa nemis matbuoti, Germaniya futbol federatsiyasi va muxlislar e'tiroziga sabab bo‘lgan edi.
Mavzuga oid

17:03 / 22.03.2023
Mesut O‘zil futbolchilik faoliyatini yakunladi

14:32 / 25.12.2019
Mesut O‘zil 219 nafar bolaning jarrohlik amaliyoti pulini to‘lab berdi

12:31 / 17.12.2019
Xitoyda O‘zilning nomi internet qidiruvlardan o‘chirildi, rasmiy OAVlarda u haqda yozish taqiqlandi

18:00 / 15.12.2019