Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda ko‘proq erkaklar suitsidga qo‘l urmoqda

Mamlakatda ayollarga nisbatan erkaklar ko‘proq suitsidga qo‘l urmoqda. Bu haqda «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi rahbari Dilorom Toshmuhammedova so‘zlariga tayanib, Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, respublika bo‘ylab o‘z joniga qasd qilish holatlari ko‘proq erkaklar bilan yuz bermoqda. Buxoro, Qashqadaryo, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida ayollar qarama-qarshi jins vakillariga nisbatan ko‘p suitsidni sodir etgan. Shunga qaramay, O‘zbekistonning boshqa hududlarida joniga qasd qilayotgan erkaklar soni ayollardan farqlanadi.
Ta'kidlanishicha, Toshkent shahri jinslar o‘rtasidagi nomutanosib suitsid holatlari bo‘yicha birinchi o‘rinda bo‘lib, 69 foiz vaziyatda erkak kishi joniga qasd qilgan.
Dilorom Toshmuhammedovaning aytishicha, suitsid holatlarining oshib ketishiga qisman OAVning ham «aybi bor». Uning so‘zlariga ko‘ra, jonga qasd qilish haqidagi xabarlarning davomiy va destruktiv uzatilishi aholi o‘rtasida shu holatga yashirin targ‘ibotni kuchaytiryapti.
Keyingi vaqtlarda O‘zbekistonda o‘smirlar orasida o‘z joniga qasd qilish holatlari haqida ko‘p marta xabarlar tarqaldi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, dunyoda har 40 daqiqada bir odam o‘z joniga qasd qiladi. Har yili 100 ming kishidan o‘rtacha 11 kishi o‘z hayotiga chek qo‘yadi. O‘z joniga qasd qilish butun dunyo bo‘yicha 15-29 yoshlilar o‘rtasidagi o‘limning ikkinchi sababi hisoblanadi. Bunday holatlarning 78 foizi o‘rta va past daromadga ega davlatlarga to‘g‘ri keladi.
O‘zbekistonda esa 1990-2016 yillar davomida o‘smirlar o‘limi ikki baravar (400 nafar) oshdi. 2018 yilning 4 oyida 153 nafar o‘smir o‘z joniga qasd qilgan.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
NYT: Putin Rossiya armiyasi yaqin oylarda Ukraina mudofaasini yorib o‘tishiga ishonmoqda
Jahon | 22:34
-
Linda Yakkarino X ijtimoiy tarmog‘i bosh direktorligidan ketdi
Jahon | 22:16
-
Nega ba’zi demokratiyalar agressiv?
Jahon | 21:27
-
Shavkat Mirziyoyev Toshkent va Yangi Toshkent shahri uchun «Yechimlar atlasi» taqdimoti bilan tanishdi
O‘zbekiston | 21:25
Mavzuga oid

19:38 / 29.01.2025
Yaponiyada 2024 yilda bolalar o‘rtasida rekord darajada o‘z joniga qasd qilish holatlari qayd etildi

19:22 / 15.11.2024
Amerikalik harbiy xizmatchilar orasida o‘z joniga qasd qilish holatlari ortdi

19:12 / 26.02.2024
«Falastinga ozodlik!» – amerikalik harbiy Isroilning Vashingtondagi elchixonasi oldida o‘zini yoqib yubordi

12:46 / 18.02.2024