Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Non va qandolat mahsulotlari savdo yarmarkasiga marhamat!

25-27 dekabr kunlari poytaxtimizdagi «O‘zko‘rgazmasavdo» majmuida «Non va qandolat mahsulotlari bayrami – 2018» savdo yarmarkasi bo‘lib o‘tadi. Yarmarka «Non – rizq-ro‘zimiz!» shiori ostida o‘tkazilmoqda.
Ko‘rgazma maydoni 3500 kvadrat metrdan ortiq.100 dan ziyod ishtirokchi o‘z mahsulotini namoyish etadi.
Mehmonlar ko‘rgazma-savdolarga qo‘yilgan non va qandolatchilik mahsulotlarini tatib ko‘rishi va shu yerning o‘zida xarid qilishi mumkin.Non va qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha eng zamonaviy xorijiy texnologiya va uskunalar savdosi tomoshabinlarga ham, xaridorlarga ham qiziqarli bo‘lishi kutilmoqda.
Shuningdek, ko‘rgazma-savdo mehmonlari bayram dasturxoni uchun kerakli masalliqlarni shu yerning o‘zida xarid qilishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Ko‘rgazma-savdo pavilonlarida poytaxt aholisi va shahrimiz mehmonlari uchun barcha turdagi oziq-ovqat (non va qandolatchilik, turli pishiriqlar, yangi sabzavot va mevalar, go‘sht, sut va boshqalar) mahsulotlarining arzonlashtirilgan savdosi tashkil etiladi.
Ko‘rgazma-savdo bo‘limlari
Non va non mahsulotlari – yuzdan ziyod turdagi obi non, shirmoy non, patir, kulcha va hokazolar; oshxona jihozlari.
Qandolatchilik mahsulotlari:
· Turli pishiriqlar, shirinliklar, konfet va shokoladlar, murabbo, marmelad, biskvitlar, pechene va boshqalar.
· Ko‘rgazmaga qo‘yilgan texnologik uskunalarda non va qandolatchilik mahsulotlari tomoshabinlar ishtirokida tayyorlab ko‘rsatiladi.
Shuningdek:
- un tegirmoni (mini zavod);
- mutaxassislarning maslahati (mahorat darslari);
- masalliqni tayyorlash va pishirish;
- mahsulotni qadoqlash namoyish etiladi.
Yarmarka savdolari doirasida ishtirokchilar va mehmonlar uchun:
- turli tanlovlar va mashhur san'atkorlar ishtirokida konsert dasturlari;
- bolalar uchun qo‘g‘irchoqlar savdosi;
- «Non» va «Qand» mavzularida bolalar rasmlari tanlovi (g‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshiriladi).
Shuningdek, yarmarka-savdo mehmonlariga o‘zlarining pazandalik san'atini namoyish qilish imkoniyati yaratiladi. G‘oliblarga ishtirokchi korxonalar tomonidan turli esdalik sovg‘alari topshiriladi.
Yarmarka savdolariga soha korxonalari, mahalliy va xorijiy kompaniya va korporatsiyalar rahbarlari, restoran va mehmonxona biznesi vakillari taklif etilgan.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ko‘magida ushbu yarmarka bayramoldi sayyohlik dasturlariga kiritilgan.
Yarmarka tashkilotchilari:
· «O‘zbekoziqovqatxolding» XK;
· «O‘zdonmahsulot» AK
· «O‘zko‘rgazmasavdo» MChJ;
· «O‘zekspomarkaz» MChJ;
· Toshkent shahar hokimligi
Manzil: Toshkent shahri, «O‘zko‘rgazmasavdo» paviloni
Mo‘ljal: metroning «Beruniy» bekati
Telefon:
+99895-342-22-32
+99899-495-66-63
Telegram kanal: t.me/uzexposervice
e-mail: uzexposervice@mail.ru
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Yil uchrashuvi: Alyaskada nima bo‘ladi?
Jahon | 20:43 / 11.08.2025
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada migrantlarning farzandlarini pullik o‘qitish to‘g‘risidagi qonun loyihasi tayyorlandi
Jahon | 14:15
-
Toshkentning Bektemir tumanidagi ko‘pqavatli uyda yong‘in yuz berdi
Jamiyat | 14:06
-
YeI Alyaskadagi sammit oldidan Ukrainani qo‘llab-quvvatlovchi bayonot qabul qildi
Jahon | 13:45
-
Uysizlarni haydayotgan Tramp, G‘azoda halok bo‘lgan jurnalistlar va Ozarboyjonning Ukrainaga yordami – kun dayjesti
Jahon | 13:43
Mavzuga oid

18:24 / 09.03.2025
“Hazm qilishni yaxshilaydi, odamni to‘q tutadi” – nisholda qanday tayyorlanadi?

09:40 / 31.10.2024
Toshkentda "Ipak yo‘lida turizm" xalqaro sayyohlik yarmarkasi o‘tkaziladi

07:50 / 16.03.2024
Toshkentdagi 11 ta bozorda arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari ish boshladi

09:43 / 04.03.2024