Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartish kiritiladi

Foto: Fotolia
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari portalida “O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi joylashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga quyidagi o‘zgartish kiritilishi mumkin:
251-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“O‘zbekiston Respublikasining Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ushbu Kodeksning 53, 116, 116-3, 117-moddalarida,
121-moddasining birinchi qismida, 122-moddasining ikkinchi qismida, 124-moddasida, 142-moddasining birinchi qismida, 144-moddasining uchinchi qismida, 145-moddasining birinchi qismida va 146-moddasida (havo transportidagi huquqbuzarliklar qismida) nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqli bo‘lgan havo transporti organidir.
Havo transporti organlari nomidan ma'muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va ma'muriy jazolarni qo‘llashga O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining boshlig‘i va uning o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshqarmalarining va bo‘limlarining boshliqlari haqli.”
O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta'minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtiradi;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta'minlaydi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi
Jamiyat | 00:31
-
OpenAI sun’iy intellekt asosidagi brauzerini ishga tushiradi
Fan-texnika | 00:11
-
Yevrokomissiya migrantlar oqimi sabab Afrikaga yordam ko‘rsatishni to‘xtatishi mumkin
Jahon | 23:41 / 09.07.2025
-
Rossiya frontda muhim yutuqlarga erishdi, Putin Trampga uzil-kesil yo‘q dedi - “Geosiyosat”
Jahon | 23:17 / 09.07.2025
Mavzuga oid

23:20 / 16.06.2025
Qonunchilikka ma’muriy ogohlantirish chorasi kiritiladi

12:31 / 30.04.2025
Bola huquqlari kodeksi loyihasi ishlab chiqiladi

12:14 / 30.04.2025
Aholi sog‘lig‘ini saqlash kodeksi qabul qilinadi

13:36 / 29.04.2025