Jahon | 21:19 / 04.12.2018
3376
1 daqiqa o‘qiladi

Finlyandiyada dunyodagi ilk boshqaruvchisiz parom ishga tushirildi

Foto: zerkalo.az

Finlyandiyaning Turku arxipelagida dunyodagi ilk boshqaruvchisiz parom Falco ishga tushirildi. U Rolls-Royce va Finlyandiyaning Finferries kompaniyalari hamkorligida yaratilgan.   

Ta'kidlanishicha, Falco avtomobillarni tashishga mo‘ljallangan va 50 tagacha avtomobilni tashiy oladi. Unda Rolls-Royce’ning mahalliy markazida ishlab chiqilgan avtonom texnologiya o‘rnatilgan. Parom oldindan belgilangan yo‘nalish bo‘yicha harakatlanadi va yo‘lida uchraydigan boshqa suzish vositalarini chetlab o‘ta oladi. Parom sardori va ekipaj a'zolari uni boshqarishda ishtirok etmaydi.

Parom yaratuvchilarining fikricha, yangi texnologiyalar inson omili ta'sirini kamaytirishga imkon beradi.

Finferries ijrochi direktori Mats Rusinning aytishicha, endi avval imkoni bo‘lmagan joylarda ham parom aloqasini yo‘lga qo‘yish mumkin bo‘ladi.

Mavzuga oid