Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeChL. "Real" "Roma" ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi, "Siti" "Lion"ni yenga olmadi

Foto: Twitter/ChampionsLeague
Chempionlar Ligasi 5-turi start oldi.
"Real Madrid" safarda "Roma" maydoniga safar qilib, ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi – 0:2.
47-daqiqada Beyl hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 12 daqiqa o‘tib, Vaskes jamoasining ikkinchi golini kiritdi.
"Bavariya" esa o‘z maydonida "Benfika"ni yirik hisobda mag‘lub etdi – 5:1.
Maydon egalari safida Robben hamda Levandovski dublga erishgan bo‘lsa, yana bir gol Riberi tomonidan kiritildi. Mehmonlarning yagona goliga Jyedson Fernandesh mualliflik qildi.
Yana bir o‘yinda "Yuventus" o‘z maydonida "Valensiya"ni kichik farq bilan yengdi. O‘yindagi yagona gol 59-daqiqada Manjukich tomonidan kiritildi.
"Manchester Siti" esa safarda "Lion"ga qarshi kechgan o‘yinda ochko yo‘qotdi – 2:2.
Mezbonlar tarkibida Korne dublga erishgan bo‘lsa, "Manchester Siti" safida Laport hamda Aguero o‘z hisobiga 1tadan gol yozib qo‘ydi.
Roma – Real Madrid 0:2
Gollar: 0:1 – 47 Beyl, 0:2 – 59 Vaskes.
Roma – Olsen, Manolas, Kolarov, Florentsi, Fasio, Nzonzi (Chorich, 64), Kristante, Dzanolo (Karsdorp, 69), Under, El-Shaaravi (Klyuyvert, 22), Shik.
Real Madrid – Kurtua, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Kroos, Lorente, Vaskes, Modrich (Valverde, 80), Beyl (Asensio, 84), Benzema (Dias, 77).
Ogohlantirishlar: Modrich (21), Dzanolo (42), Varan (90).
Bavariya – Benfika 5:1
Gollar: 1:0 – 13 Robben, 2:0 – 30 Robben, 3:0 – 36 Levandovski, 3:1 – 46 Jyedson Fernandesh, 4:1 – 51 Levandovski, 5:1 – 76 Riberi.
Bavariya – Noyyer, Boateng, Kimmix, Alaba, Zyule, Robben (Sanshesh, 72), Gorettska, Riberi (Vagner, 78), Rafinya, Levandovski, Myuller (Chjon Vu Yen, 81).
Benfika – Vlaxodimos, Konti, Grimaldo, Andre Almeyda, Diash, Pitstsi (Jyedson Fernandesh, 46), Feysa (Alfa Semedu, 76), Rafa Silva, Pires, Servi, Jonas (Seferovich, 59).
Ogohlantirishlar: Robben (25), Riberi (33), Alfa Semedu (87).
Yuventus – Valensiya 1:0
Gol: 1:0 – 59 Manjukich.
Yuventus – Shchensny, Bonuchchi, Aleks Sandro (Kuadrado, 46), Joau Kanselu, Kellini, Bentankur, Pyanich, Matyuidi, Ronaldu, Manjukich, Dibala (Duglas Kosta, 79).
Valensiya – Neto, Diakabi, Gabriel, Gayya, Koklen, Vass, Kondogbia (Soler, 72), Parexo, Gedesh, Rodrigo (Gameyro, 46), Santi Mina (Batshuayi, 68).
Ogohlantirishlar: Bentankur (13), Gayya (31), Kondogbia (43), Kuadrado (60), Diakabi (61), Gedesh (69), Batshuayi (74), Matyuidi (83).
Lion – Manchester Siti 2:2
Gollar: 1:0 – 55 Korne, 1:1 – 62 Laport, 2:1 – 81 Korne, 2:2 – 83 Aguero.
Lion – Antoni Lopesh, Marselo, Marsal, Mendi, Denayyer, Fekir (Traore, 84), Ndombele, Depay, Auar, Korne (Tere, 89), Rafael (Tete, 74).
Manchester Siti – Ederson, Laport, Stounz, Uoker, Zinchenko, Silva, Fernandino, Sterling, Marez, Sane (Delf, 71), Aguero (Foden, 90).
Ogohlantirishlar: Fernandino (23), Sterling (34), Mendi (62).
Manchester Yunayted – Yang Boyz 1:0
Gol: 1:0 – 90 Fellayni.
Manchester Yunayted – De Xea, Smolling, Shou, Valensiya (Mata, 72), Djons, Fred (Pogba, 64), Matich, Lingard (Lukaku, 64), Fellayni, Marsyal, Reshford.
Yang Boyz – fon Ballmos, Kamara, Benito, Mbabu, fon Bergen (Garsiya, 46), Suleymani (Fassnaxt, 66), Lauper, Sou, Ebisher, Assale, Nsame (Ngamale, 83).
Ogohlantirishlar: Matich (22), Kamara (48), Benito (61), Valensiya (72).
TsSKA – Viktoriya Plzen 1:2
Gollar: 1:0 – 10, penalti Vlashich, 1:1 – 56 Proxazka, 1:2 – 81 Geyda.
Hoffenxaym – Shaxter 2:3
Gollar: 0:1 – 13 Ismaili, 0:2 – 15 Tayson, 1:2 – 17 Kramarich, 2:2 – 40 Tsuber, 2:3 – 90 Tayson.
AYeK – Ayaks 0:2
Gollar: 0:1 – 68, penalti Tadich, 0:2 – 72 Tadich.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Netanyahu: Falastinliklarda G‘azoni tark etish imkoni bo‘lishi kerak
Jahon | 14:11
-
Texasdagi suv toshqini qurbonlari soni 104 kishiga yetdi
Jahon | 14:00
-
Latviya Germaniyaning YeI va NATOdagi roli kuchayganini olqishladi
Jahon | 13:45
-
Toshkent viloyatida YTH yuz berdi, jarohat olganlar bor
Jamiyat | 13:31
Mavzuga oid

10:13 / 16.04.2025
«Barsa»da yilning eng yomon o‘yini, «PSJ» ham zo‘rg‘a yarimfinalga chiqdi

02:21 / 08.09.2022
YeChL. «Bavariya» «Inter»ni mag‘lub etdi, «Liverpul» Neapolda yirik hisobda yutqazdi, «Barsa» 5ta gol urdi, «Atletiko»da dramatik g‘alaba

18:10 / 12.04.2022
«Chelsi» Madridda kambek ilinjida, «Bavariya» «avariya» xavfi ostida. YeChL chorakfinal javob o‘yinlari anonsi

19:26 / 13.12.2021