Toshkent farmatsevtika instituti Sankt-Peterburg ximiya-farmatsevtika universiteti bilan o‘zaro hamkorlik memorandumi imzoladi

Foto: Toshkent farmatsevtika instituti
Toshkent farmatsevtika instituti bilan Sankt-Peterburg ximiya-farmatsevtika universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Har ikki ta'lim muassasasi 2019-2020 o‘quv yiliga 30 nafardan talabalarni 1-kursga qabul qilish bo‘yicha kelishib olishdi. Shuningdek, qo‘shma fakultet o‘quv rejalari ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Hamkorlik doirasida ilmiy loyihalar, ilmiy ishlarga rahbarlik qilish, talabalar almashinuvi, professor-o‘qituvchilarning malaka oshirishlari va masofaviy malaka oshirish masalalarini amalga oshirishga kelishildi.
Ayni paytda Toshkent farmatsevtika institutida ushbu vazifalarni amalga oshirish hamda talabalarning tahsil olishlari uchun zamonaviy moddiy texnik bazasi bilan jihozlangan laboratoriyalar va o‘quv xonalari hamda ta'lim sifatini oshirish bo‘yicha yo‘l xaritalari ishlab chiqildi.
Mavzuga oid

15:19 / 19.01.2020
Toshkent farmatsevtika instituti rektori vafot etdi

00:30 / 21.03.2019
«Buyuk Kelajak» va «O‘zagrolizing» o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

00:03 / 12.03.2019
O‘zbekistonda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishga doir Hamkorlik memorandumi imzolandi

23:34 / 05.03.2019