O‘zbekiston | 12:48 / 23.11.2018
4768
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent hokimligining “Qutqaruv xizmati boshqarmasi” DK tashkiliy tuzilmasi takomillashtiriladi

Foto: Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahar hokimligi “Qutqaruv xizmati boshqarmasi” davlat korxonasining tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi xavfsizlik Kengashi va Toshkent shahar hokimligining Toshkent shahar hokimligi “Qutqaruv xizmati boshqarmasi” davlat korxonasining tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullanishi mumkin.

Qutqaruv xizmati boshqarmasining Toshkent shahar mahalliy byudjyetidan moliyalashtiriladigan 131 ta birlikdagi cheklangan soni belgilanadi;

Toshkent shahar hokimiga, zarur hollarda, xodimlarning shtatdagi belgilangan umumiy soni doirasida Qutqaruv xizmati boshqarmasining tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish huquqi beriladi.

Toshkent shahar hokimligi:

Qutqaruv xizmati boshqarmasiga ajratilayotgan qo‘shimcha shtatlar doirasida, uning yangilangan tuzilmasi tasdiqlanadi;

ajratilayotgan qo‘shimcha shtat birliklarini tajribali xodim va yuqori toifali qutqaruvchilar bilan qisqa muddatda to‘ldirish choralari ko‘riladi.

Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

Qutqaruv xizmati boshqarmasining shtatlar jadvaliga tegishli o‘zgartirish kiritsin hamda 2018 yilda qo‘shimcha ajratilayotgan shtat birliklarini saqlash uchun Toshkent shahar mahalliy byudjyetining 2018 yildagi ijrosi davomida shakllangan qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan asosli hisob-kitoblarga muvofiq zarur mablag‘larni ajratadi;

2019 yildan boshlab Davlat byudjyeti parametrlarini shakllantirishda Toshkent shahar mahalliy byudjyeti parametrida Qutqaruv xizmati boshqarmasini saqlash va faoliyati uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni ko‘zda tutadi.

Mavzuga oid