Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Videooperator chiroyli kadr olish uchun professional sportchilardan tezroq yugurdi (video)

Reddit portalida krossfit bo‘yicha musobaqalarda videooperatorning o‘z ishini astoydil bajarayotgani videosi xitga aylandi. Gap shundaki, videooperator chiroyli kadr olish ilinjida professional sportchilardan tezroq yugurgan. Bunday qobiliyatlar bilan maqtanmaslikning iloji yo‘q, lekin bunda bir kichik “nyuans” bor.
2007 yildan boshlab “jismonan kuchli va bardoshli kishini” aniqlash bo‘yicha krossfit bo‘yicha musobaqalar o‘tkazib kelinadi. Rolikda ushbu musobaqalarning operator Marston Soyyers tomonidan olingan 2016 yildagi bosqichlaridan biri – 256 metrga yugurish lavhalari keltirilgan. E'tiborlisi, videoda operator professional sportchilardan tezroq yugurayotganini ko‘rish mumkin.
Gap nimada dersiz? Agar musobaqada olingan boshqa bir video ko‘zdan kechirilsa, unda operator musobaqa ishtirokchilaridan avvalroq yugura boshlaganini ko‘rish mumkin. Ya'ni unda ustunlik bo‘lgan.
Biroq bu “nyuans” musobaqani yoritgan sharhlovchilarni chaqqon operatorni maqtash fikridan qaytarmagan. Chunki operator avvalroq yugura boshlaganiga qaramay, unga yugurishida ko‘plab detallar, misol uchun qo‘lidagi og‘ir kamera murakkablik tug‘dirgan.
“Unutmang, uning bir qo‘lida kamida 9 kilogramm bor”, deb aytgan foydalanuvchilardan biri.
“Nima bo‘lishidan qat'iy nazar, uning ishi tahsinga sazovor. U bir qo‘li band holda, oldinga qaramay va kamera bilan baribir tezroq yugurgan”, deb ta'kidlab o‘tgan yana bir foydalanuvchi.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
Buloqboshi tumanidagi kanalga neft oqib ketdi
O‘zbekiston | 12:29
-
O‘zbekiston va Airbus havo kemalari parkini kengaytirishga kelishib oldi
O‘zbekiston | 12:11
-
Shri-Lanka O‘zbekistonga o‘z portlaridan foydalanishni taklif qildi
Iqtisodiyot | 12:06
Mavzuga oid

23:06 / 30.10.2024
Reddit ijtimoiy tarmog‘i 20 yil ichida birinchi marta foyda ko‘rdi

21:45 / 10.06.2021
Xitoyda operator yugurish bo‘yicha musobaqa ishtirokchilaridan tezroq chopdi

13:33 / 01.06.2018
AQShdagi eng mashhur saytlar e'lon qilindi

16:58 / 02.02.2017