Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bugun G‘ofur Rahimov AIBA`dagi 20 yillik faoliyatida ilk marta prezidentlikka saylanishi mumkin

Foto: Ma'ruf Asqarov / KUN.UZ
Bugun, 3 noyabr kuni Moskvada Xalqaro Boks Assotsiatsiyasining yillik Kongressi o‘z ishini yakunlaydi. Anjumanning ikkinchi kunida tashkilot rahbarligiga saylovlar bo‘lib o‘tadi.
Saylovda AIBA` prezidenti, 5 nafar vitse-prezidenti (konfederatsiyalar prezidentlari) va Ijroiya Qo‘mita a'zolari aniqlab olinadi va saylangan nomzodlar shu kundan e'tiboran o‘z vazifasini bajarishga kirishadi, ularning vakolat muddati 4 yilni tashkil etadi.
Kun.uz muxbirining Moskvadan xabar qilishicha, Kongressning ikkinchi ish kuni vaqtinchalik prezident vazifasini bajarayotgan G‘ofur Rahimov tomonidan ochib beriladi. Shundan so‘ng delegatlar Ijroqo‘m tomonidan taqdim etilgan AIBA Deklaratsiyasini ma'qullashlari kutilmoqda.
Anjumanning asosiy qismini AIBA Saylov komissiyasi raisi Josh Shmid olib boradi. U komissiya a'zolari va ovoz berish jarayoni haqida ma'lumot berib, nazoratchilarni tayinlaydi. Bevosita saylovdan oldin prezidentlikka nomzodlar nutq so‘zlash uchun minbarga chiqadi.
Qayd etish joiz, AIBA`ning 5 nafar vitse-prezidenti (tegishli qit'a konfederatsiyasi prezidenti) lavozimini kimlar egallashi deyarli oldindan ma'lum. Beshta qit'adan faqat Osiyo Boks Konfederatsiyasi prezidentligiga ikki nomzod ariza topshirgan, qolganlarida nomzodlar bir nafardan.

Jahon havaskor boksining bosh rahbari lavozimiga da'vogarlar ham ikki nafar – o‘zbekistonlik G‘afur Rahimov va qozog‘istonlik Serik Qo‘naqbayev.
Avvaliga Rahimov yagona nomzod bo‘lishi kutilgandi. Oktabr oyi boshida unga raqobatchi bo‘lishi kutilgan Osiyo Boks Konfederatsiyasi prezidenti Qo‘naqbayev hujjatlarni vaqtida yetkazib bera olmagani uchun kurashdan chiqqani ma'lum qilingandi. U o‘zini kamida 20ta davlat federatsiyasi qo‘llab-quvvatlashi haqidagi ma'lumotni jo‘natishda bir necha soatga kechikkan edi.
Keyinroq Qo‘naqbayev Sport Arbitraj Sudiga (CAS) apellyatsiya berdi, 29 oktabr kuni esa tashkilot uning apellyatsiyasini qanoatlantirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Eslatib o‘tamiz, Kongressning birinchi ish kunidagi eng asosiy yangilik – tashkilot nizomiga kiritilayotgan o‘zgartirish bo‘lgan edi. Unga ko‘ra, endilikda tashkilot prezidenti zarur hollarda o‘z lavozimidan ma'lum vaqtga tanaffus olishi mumkinligi belgilab qo‘yildi.
Nizomga kiritilgan ushbu tuzatish AIBA va Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi o‘rtasidagi ziddiyatni yumshatish chorasi sifatida kiritildi. XOQ bunga qadar «Magnitskiy ro‘yxati»ga kiritilgan G‘ofur Rahimov AIBA prezidenti etib saylangan taqdirda boksni olimpiya sport turlari tasnifidan chiqarish bilan tahdid qilib keladi.
Dose: Rahimov G‘ofur Ahmedovich
1951 yilda Toshkentda tug‘ilgan. Leningrad muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan (1975, muhandis-iqtisodchi).
Rahimov mehnat faoliyatini 1975 yilda O‘zSSR Savdo vazirligi koordinatori vazifasida ishlash bilan parallel ravishda «Dinamo» MSK da boks murabbiyi sifatida boshlagan. 1993 yildan Osiyo va Yevropada ko‘chmas mulk, telekommunikatsiyalar, neft va tabiiy gaz qazib olish va qayta ishlash, konchilik va xomashyo savdosi bilan shug‘ullanuvchi qator xususiy kompaniyalarga asos solgan, hozirda ularning aksioneri hisoblanadi.
Mahalliy va xalqaro sportdagi rahbarlik karerasi:
1993 – 2012 O‘zbekiston boks federatsiyasi vitse-prezidenti
1995 – 1998 AIBA Biznes komissiyasi raisi
1998 – hozirgacha AIBA Ijroiya Qo‘mitasi a'zosi
1999 – 2011 Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidenti
2001 – 2012 O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti
2002 – 2010 AIBA vitse-prezidenti
2007 – 2008 Osiyo Boks Federatsiyasi prezidenti
2010 – 2014 Osiyo Boks Konfederatsiyasi prezidenti.
2011 – hozirgacha Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidenti
2003 – 2018 AIBA vits-prezidenti
2018 – hozirgacha AIBA prezidenti vazifasini bajaruvchi
Ma'lumot: Qo‘naqbayev Serik Kerimbekovich
1959 yilda Pavlodarda tug‘ilgan. Jambul Irrigatsiya, drenaj va qurilish instituti (1981, injyener-quruvchi), Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universitetini (1999, huquqshunos) tugatgan. Iqtisod fanlari nomzodi (2006).
Havaskor bokschi sifatidagi faoliyati:
Ikki karra Yevropa chempioni (1979, 1981), ikki karra jahon kubogi oltin medali sovrindori (1979, 1981), Olimpiada kumush medali sohibi (1980). 1981 yilda sayyoraning eng yaxshi bokschisi deb e'tirof etilgan. 1986-1992 yillarda Qozog‘iston boks terma jamoasi bosh murabbiyi.
Qo‘naqbayev, shuningdek, 1996-1998 yillarda Jambul viloyati hokimligida bo‘lim boshlig‘i, Almati shahri Bo‘standiq tumani hokimi o‘rinbosari, 1999-2001 yillarda
Qozog‘iston Respublikasi Parlament Majlisi deputati sifatida ishlagan.
Mahalliy va xalqaro sportdagi rahbarlik karerasi:
1992 – 2007 Qozog‘iston professional boks federatsiyasi asoschisi va prezidenti
2007 – hozirgacha Qozog‘iston havaskor boks federatsiyasi birinchi vitse-prezidenti
2009 – 2014 Qozog‘iston boks federatsiyasi hakamlik korpusi ishlari bo‘yicha vitse-prezidenti
2010 – hozirgacha AIBA Ijroiya Qo‘mitasi a'zosi
2014 – hozirgacha AIBA vitse-prezidenti, Osiyo boks konfederatsiyasi prezidenti, AIBAning yoshlar va sportchilar ishlari bo‘yicha Komissiyasi raisi
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kun tartibidagi maishiy korrupsiya va zararni qoplaganga ozodlik - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 23:30 / 02.08.2025
-
Xitoyda erkak suv ostida 5 kun yashab, tirik qoldi
Jahon | 23:24 / 02.08.2025
-
AQSh Senati Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni ma’qullamasdan ta’tilga chiqmoqda
Jahon | 22:55 / 02.08.2025
-
AI-80 narxi, undan voz kechish va prisadkali AI-92 - Raqobat qo‘mitasi izohlari
Iqtisodiyot | 22:24 / 02.08.2025
Mavzuga oid

21:55 / 30.07.2025
Olimpiada chempioni Lazizbek Mullajonov namunasida doping aniqlandi

20:41 / 26.02.2025
World Boxing federatsiyasi XOQ tomonidan vaqtincha tan olindi

21:01 / 13.01.2025
Britaniyalik bokschi Tayson Fyuri faoliyatini yakunladi

22:36 / 28.12.2024