Jamiyat | 00:28 / 14.10.2018
18407
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston hukumati byudjyet tashkilotlaridagi oyliklarga oid konsepsiya ishlab chiqadi

O‘zbekistonda Byudjyet tashkilotlarida mehnatga haq to‘lash tizimini yanada takomillashtirish konsepsiyasi ishlab chiqiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13 oktabrda e'lon qilingan farmonida aytib o‘tilgan.

Hujjatga muvofiq, O‘zbekiston hukumati Byudjyet tashkilotlarida mehnatga haq to‘lash tizimini yanada takomillashtirish konsepsiyasini ishlab chiqadi va 2019 yil 1 sentabrga qadar muddatda kiritilishini ta'minlaydi. Ushbu konsepsiya xalqaro moliyaviy institutlar bilan birgalikda mehnatga haq to‘lash miqdorining uning natijalari, bajarilayotgan mehnat funksiyalarining murakkabligi va mas'uliyati bilan yanada uzviy bog‘liqligini ta'minlashni nazarda tutadi.

Bundan tashqari, farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:

- mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasining quyi razryadlari tarif koeffitsiyentlarini o‘rtacha 10 foizga, shu jumladan, 1-razryad bo‘yicha 15 foizga, 2-razryad bo‘yicha 10 foizga va 3-razryad bo‘yicha 5 foizga oshirish orqali mehnatiga kam haq to‘lanadigan xodimlarning ish haqi miqdorining jadal ravishda oshirilishini ko‘zda tutgan holda 2019 yil 1 yanvardan Mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasini qayta ko‘rib chiqish;

- O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti hisobidan saqlanadigan tashkilotlarda band bo‘lgan universal kasblar xodimlari mehnatiga haq to‘lashga doir razryadlarni tanqidiy ko‘rib chiqish va 2019 yil 1 yanvaridan ularning yangilanganlarini joriy etish vazifalari ham yuklatildi.

Mavzuga oid