London butkul suv ostida qolishi mumkinmi?
Global isish tufayli London kuchli suv toshqini ostida qolish xavfida. "Nasroniylar yordami" jurnalida keltirilgan ma'ruzada shu haqida ma'lum qilingan.

Manbada ta'kidlanishicha, global isish natijasida havo harorati 1,5 darajadan ortiqqa isigan taqdirda, dengiz sathi 40 santimetr va undan-da ko‘proqqa ko‘tarilishi mumkin. Ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, bu kabi iqlim o‘zgarishlari sababli qator yirik shaharlardagi muammolar, xususan yer yuzasining pasayishi va noto‘g‘ri loyihalashtirish vaziyatni yanada murakkablashtiradi.
Hujjatda keltirilishicha, Buyuk Britaniya poytaxti hukumati tobora ko‘proq shaharning suv toshqinidan asosiy himoyasi hisoblangan Temza to‘sig‘idan foydalanishga majbur bo‘lmoqda. To‘g‘on endigina qurilgan 1984 yilda undan yiliga uch martadan ortiq foydalanmaslik rejalashtirilgan edi, bugunga kelib esa u yiliga olti-yetti marta qo‘llanilmoqda.

Foto: Getty Images
Bundan tashqari, ekspertlar ma'lumotlariga ko‘ra, Xyuston, Shanxay, Bangkok, Jakarta, Manila, Laos va Dakka kabilar ham suv toshqini xavfi ostida.
Mavzuga oid

10:42 / 03.03.2025
Tusk: Londonda Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari muhokama qilinmadi

09:42 / 03.03.2025
Zelenskiy: Londonda Ukraina xavfsizlik kafolatlarini muhokama qildim

08:26 / 03.03.2025
Parij va London Ukrainada bir oylik sulhni taklif qildi

19:20 / 02.03.2025