Pentagon rahbari Fransiya va Belgiyaga borishi kutilyapti

Foto: ALLISON SHELLEY
AQSh mudofaa vaziri Jyeyms Mettis kelgusi hafta Fransiya va Belgiyaga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Qo‘shma Shtatlar mudofaa mahkamasining saytida ma'lum qilingan.
Mahkama ma'lumotlariga ko‘ra, Mettis Fransiyada «muhim rahbarlar» bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazish niyatida.
Ta'kidlanishicha, Belgiyada Mettis NATOga a'zo davlatlar mudofaa vazirlari yig‘ilishida ishtirok etadi.
Shu bilan birga, Bryusselda Pentagon rahbari NATO bo‘yicha ittifoqchi davlatlardan kelgan hamkasblari bilan uchrashishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pentagon uch davlatdan yadroviy tahdid borligini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid

11:20
Makron ittifoqchilarni Kiyev uchun kafolat rejasini ishlab chiqishga chaqirdi

22:44 / 11.03.2025
Fransiya Ukrainaning qurolsizlantirilishiga qarshi ekanini ma’lum qildi

14:38 / 11.03.2025
O‘zbekiston va Fransiya: asosiy hamkorlik yo‘nalishlari qaysilar?

20:14 / 10.03.2025