Eron prezidenti Fors ko‘rfazini to‘sib qo‘yish bilan tahdid qildi

Foto: NBC News
Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning ma'lum qilishicha, mamlakat rasmiylari Ummon bo‘g‘ozini janubi-sharqda Fors ko‘rfazi bilan bog‘laydigan O‘rmuz bo‘g‘ozini yopib qo‘yishi mumkin. Bu agar Amerika Qo‘shma Shtatlari sanksiyalar bosimi siyosatini davom ettiradigan bo‘lsa yuz beradi. Bu haqda u NBC telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Ruhoniyning ta'kidlashicha, uning so‘zlari shunchaki ogohlantirish emas, balki «haqiqatdir».
«Agarda Fors ko‘rfazidan suv yo‘li erkin va xavfsiz qolishi kerak bo‘lsa, u hamma uchun shunday qolishi kerak», - deya aytib o‘tdi Eron yetakchisi.
Shuningdek, Ruhoniyning bildirishicha, AQSh hukumati Eron nefti jahon bozoriga yetkazib berilishini butunlay to‘xtata olmaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Eronni uyg‘urlarni neftga «almashtirishda» ayblagandi.
AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Eron oliy rahbari oyatulloh Ali Hameneiyni bosim ostida qolgan musulmonlarni neftga «almashtirayotganlikda» ayblab chiqqan.
Mavzuga oid

20:49 / 15.05.2025
Tramp AQSh va Eron yadro kelishuviga yaqin ekanini aytdi

12:18 / 15.05.2025
Eron AQSh ishtirokida uranni boyitish bo‘yicha konsorsium tuzishni taklif qildi

14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi

15:46 / 13.05.2025