Jahon | 09:54 / 25.09.2018
6358
1 daqiqa o‘qiladi

YeI AQSh sanksiyalarini chetlab o‘tib, Eron bilan hisob-kitob qilish mexanizmini yaratadi

Foto: Fotolia / Borna_Mir

Yevropa ittifoqi (YeI) diplomatiyasi rahbari Federika Mogerinining ma'lum qilishicha, Yevropa mamlakatlari, Buyuk Britaniya, Xitoy va Rossiya Eron bilan savdo qilish uchun moliyaviy mexanizm yaratmoqchi. Yevropa diplomatiyasi rahbarining so‘zlari RIA «Novosti» tomonidan keltirilgan.

«Yevropa ittifoqiga a'zo davlatlar Eron bilan moliyaviy tranzaksiyalar o‘tkazish uchun yuridik shaxs tashkil etadi», - dedi Mogerini BMTdagi vazirlar uchrashuvi yakunlari bo‘yicha.

Uning ta'kidlashicha, bunday qadam Yevropa kompaniyalariga Yevropa qonunchiligiga muvofiq Eron bilan bitimlarni amalga oshirish imkonini beradi. Shuningdek, ushbu qaror Eronni bozordagi boshqa ishtirokchilar uchun ochiq qoldiradi.

Bundan tashqari, uchrashuv ishtirokchilari Eron bilan bitimlarni amalga oshirish uchun mavjud kanallarni saqlab qolishga qaror qilishdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Eronni uyg‘urlarni neftga «almashtirishda» ayblagandi

Mavzuga oid