Jahon | 08:22 / 06.09.2018
7689
1 daqiqa o‘qiladi

Avstriyada kenguru topildi

Avstriyada mahalliy aholi vakillari yo‘l chetida kenguruni aniqlashdi, deya xabar beradi ORF.at.

Foto: Franz Kastner​

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, yo‘l va o‘rmon oralig‘idagi maydonda ancha yirik bo‘lgan kenguru o‘tirgan.

«Maydonda haqiqiy tirik kenguru o‘tirgandi», - deya tasdiqladi mahalliy aholi vakillaridan biri.

Foto: Franz Kastner​

Ta'kidlanishicha, politsiya okrugda joylashgan hayvonot bog‘lari egalari bilan bog‘langan, ammo hech kim kenguru yo‘qolgani haqida aytmagan. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, mahalliy rasmiylar «chalkashib ketgan» va hayvon qayerdan paydo bo‘lganini tushunishmayapti.

Mavzuga oid