Yahyo Ture Gretsiya klubiga o‘tdi

Foto: Olympiacos FC
Kot D'Ivuar terma jamoasi yarimhimoyachisi Yahyo Ture erkin agent maqomida «Olimpiakos» klubiga o‘tdi.
Futbolchi «Manchester Siti»dagi 8 yillik faoliyatidan so‘ng, mavsum oxirida klubni tark etgandi.
Avvalroq, Turening «Vest Hem» yoki «Fulhem» klublariga o‘tishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo, bu transferlar amalga oshmay qoldi.
Eslatib o‘tamiz, Yahyo Ture faoliyati davomida «Beveren», «Metallurg Donetsk», «Olimpiakos», «Monako» va «Barselona» klublarida ham o‘ynagan. Kot D'Ivuar terma jamoasi tarkibida 102ta o‘yinda maydonga tushib, 19ta gol urgan.
Mavzuga oid

11:00 / 26.04.2020
«Olimpiakos» kelishilgan uchrashuvda qatnashganlikda gumonlanmoqda

08:09 / 28.02.2020
Yevropa Ligasi. «Arsenal» sensatsion mag‘lubiyatga uchrab, musobaqadan chiqib ketdi

08:28 / 28.08.2019
YeChLning guruh bosqichiga yo‘l olgan yana 3ta jamoa ma'lum bo‘ldi

21:50 / 11.12.2018