Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliy ta'limga zamonaviy menejment va marketing talablari yanada keng joriy etiladi

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligida oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish, tizimga zamonaviy menejment va marketingni joriy qilish orqali sohani rivojlantirish va boshqa dolzarb masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish videokonferensiya tarzida o‘tkazilib, unda bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi rahbariyati va mutaxassislari, oliy ta'lim muassasalari rektorlari, filiallar direktorlari ishtirok etdi.
Dastlab 2018/2019-o‘quv yili uchun oliy ta'lim muassasalariga kirish test sinovlarini ota-onalar va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida shaffof va adolatli o‘tkazish yo‘lida qilingan amaliy ishlar yakunlari muhokama etildi.
Yig‘ilishda hududlarda iqtisodiyot tarmoqlari va sohalaridagi mavjud ehtiyojdan kelib chiqqan holda oliy ta'lim muassasalarining filiallarini tashkil etish, kadrlar tayyorlashning zamonaviy ta'lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini yo‘lga qo‘yish zarurligi qayd etildi.
Oliy ta'lim muassasalari boshqaruvini takomillashtirish, yangi mutaxassislik va yo‘nalishlarni tashkil etish borasida ular oldida turgan vazifalar hamda tizimga zamonaviy menejment va marketingni keng joriy qilish orqali oliy ta'lim muassasalarini tom ma'noda ta'lim markazi (xab)ga aylantirish vazifalari muhokama qilindi.
Bundan tashqari, ta'lim sifatini zamon talablari darajasida tashkil etish, o‘quv jarayoniga innovatsion ilg‘or tajriba va o‘qitish metodlarini joriy etish, yangi ta'lim xizmatlarini joriy orqali xorijiy fuqarolarni respublika oliy ta'lim muassasalariga jalb etish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab berildi.

Bunda oliy ta'lim muassasalariga o‘z yo‘nalishi bo‘yicha dunyoning nufuzli oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, fakultet va dasturlarni amalga oshirish, o‘zaro tajriba almashish, birgalikda ilmiy faoliyat yuritish borasida faoliyatni takomillashtirish zarurligi qayd etildi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada taniqli siyosatshunos Yekaterina Shulman sirtdan hibsga olindi
Jahon | 10:28
-
Germaniyada poyezd izdan chiqib ketdi, qurbonlar bor
Jahon | 10:23
-
O‘zbekiston-Vengriya maxsus industrial zonasi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 10:16
-
Rossiya Markaziy banki ketma-ket ikkinchi marta asosiy stavkani pasaytirdi
Jahon | 10:01
Mavzuga oid

18:00 / 13.03.2024
Azizbek Yusufov: “O‘zbekistondagi reklama bozorida avvalgidek marketologlar yetarli, ammo yaxshi mutaxassislar baribir kam”

13:00 / 30.01.2023
O‘zbekiston marketing uyushmasi 2022 yil uchun "O‘zbekiston brendlari va agentliklari marketing samaradorligi yakuniy reytingi"ni e’lon qildi

13:42 / 28.10.2022
Oliy ta’lim tizimiga marketing xizmatini joriy etish-davr talabi

11:40 / 27.09.2021