Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makkada ro‘y bergan kuchli shamol Ka'ba yoping‘ichini uchirib ketdi - video
Saudiya Arabistonining Makka shahrida yomg‘ir bilan birga kuzatilgan kuchli shamol yakshanba kuni Ka'ba ustidan yoping‘ich — kisvani yulib ketdi, deb xabar beradi Dailysabah.
Shu vaqt Al-Harom masjidida bo‘lib turib, Ka'bani tavof etayotgan ziyoratchilar bu hodisani suratga olishga ulgurishdi.
Kadrlarda ko‘rinishicha, kuchli shamol tilla iplar bilan Qur'on oyatlari tushirilgan va qora ipakdan to‘qilgan kisvani uchirayotganini ko‘rish mumkin.
Mutaxassislarning xabar berishlaricha, qum bo‘roni havo haroratining nihoyatda yuqori ekanligi va yuqori namlik tufayli kelib chiqqan.
Noqulay ob-havo tufayli Arofat tog‘i etagidagi ziyoratchilarning chodirlariga ham ziyon yetgan.
Yakshanba kuni tongdan Makka shahrida musulmonlarning har yillik muqaddas joylarga ziyorati — haj boshlandi. Bu yili haj marosimlarida butun jahondan kelgan ikki milliondan ortiq hojilar ishtirok etishmoqda.
Kisva — tilla iplar bilan naqshlar tushirilgan va qor ipakdan to‘qilgan, Ka'ba devorlarini yopib turuvchi an'anaviy yoping‘ichdir. Uzunligi 41 metrga teng bo‘lgan yoping‘ich har yili Qurbon hayiti arafasida almashtiriladi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan xorijdan ko‘plab samimiy qutlovlarni oldi
O‘zbekiston | 19:26
-
Magistratura va doktoranturaga hujjat topshirishda til sertifikati talabi bekor qilinmadi
O‘zbekiston | 19:19
-
Rossiya armiyasi Xarkiv markaziga zarba berdi
Jahon | 18:52
-
Odessa ramziga aylangan bozor zarba ostida qoldi – fotosuratlar
Jahon | 18:37
Mavzuga oid

17:32 / 04.06.2025
Saudiya Arabistonida Haj qoidasini buzgan 76 ming kishi hibsga olindi

15:55 / 07.01.2025
Saudiya Arabistonida yomg‘irlar tufayli Makka va Madinani suv bosdi

08:16 / 28.08.2024
Makkada qiyin ahvolda qolgan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi

18:28 / 24.06.2024