Tvitterda «o‘z mulkini ko‘zdan kechirayotgan» robot videosi barchani hayratga soldi

Skrinshot
Tvitterda noma'lum uy hovlisidagi avtomobillar orasida aylanib yurgan robot tasvirlangan video paydo bo‘ldi. Foydalanuvchilarni uning tekis harakatlanishi va atrofni xuddi «odamlardek» ko‘zdan kechirishi hayratlantirdi.
Ayrimlar lavhada haqiqiy robot tasvirlanganiga ishondi.
Aslida esa rolikda rejissyor Nil Blomkampning qisqa metrajli filmlari uchun chizilgan robotlardan biri tasvirlangan. Bu rolikni ilk bor kompyuter modelining yurishi namoyishi sifatida rassomlardan biri o‘z instagramida joylashtirgandi.
Adam — quvvati tugaguniga qadar shahar bo‘ylab aylanib yuruvchi odamsimon robotlar haqida Nil Blomkamp studiyasi tomonidan suratga olingan qisqa metrajli filmdir.
Mavzuga oid

10:15 / 17.05.2023
MRB Telegram'da rossiyaliklar uchun rolik e’lon qildi

23:09 / 04.08.2021
BAAda robot-politsiyachi sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazildi

22:05 / 02.09.2019
Har qanday samolyotni boshqara oladigan robot yaratildi

12:23 / 16.07.2019