Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bekzod Abdurahmonov endi Olimpiada medalini taqmoqchi

Jakartada bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasiga ilk oltin medalni olib kelgan erkin kurashchi Bekzod Abdurahmonov «Kun.uz» muxbiriga intervyu berdi.
U finaldagi g‘alabadan keyingi hissiyotlari va kelajakdagi rejalari bilan o‘rtoqlashgan.
«Bu g‘alabamni O‘zbekistonlik xalqiga, yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik bayramiga bag‘ishlayman.
Bu muvaffaqiyat bilan to‘xtab qolmayman. Eng katta maqsadim Olimpiadada ham chempion bo‘lish.
Ungacha esa, shu yil oktabrida Vengriyadagi jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqchiman. Keyingi yili esa Istanbuldagi jahon chempionatida Olimpiadaga yo‘llanma olishga harakat qilaman.
O‘tgan safar Olimpiadada medaldan quruq qolgandim. Bronza uchun bahsda ozarboyjonlik raqibga 6:7 hisobida yutqazgandim. Medalni taqishga yaqin qolgandim, yutqazib qo‘ydim.
Hali yoshim 28da. Sog‘ bo‘lsak, 40 yoshgacha ham ishtirok etishimiz mumkin. Masalan, Artur Taymazov 33 yoshida Olimpiada chempioni bo‘lgan. Rossiyalik bir sportchi 38 yoshida jahon chempionatida g‘olib bo‘ldi.
Xudo xohlasa, O‘zbekistonga Olimpiada medalini ham olib beraman», degan Bekzod Abdurahmonov.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Svet o‘chmagan kun yo‘q: Toshkent elektrsiz qiynalmoqda
O‘zbekiston | 23:59 / 25.07.2025
-
Qo‘riqxonada davom etayotgan yong‘in, «Ishdagi ishq» mojarosi, Navoiyni zaharlayotgan korxonalar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:53 / 25.07.2025
-
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
-
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
Mavzuga oid

23:05 / 09.08.2024
Parij-2024. G‘ulomjon Abdullayev – bronza medali sohibi

21:51 / 09.08.2024
Parij-2024. Razambek Jamalov finalga chiqdi

12:18 / 02.07.2024
Moskvada erkin kurash bo‘yicha Rossiya jamoasi murabbiyi terrorizmda gumonlanib ushlandi

10:40 / 07.02.2023