Jahon | 23:50 / 19.08.2018
9474
2 daqiqa o‘qiladi

Yangi Zelandiyada vazir tug‘ish uchun velosipedda tug‘ruqxonaga bordi

Foto: JULIE GENTER/INSTAGRAM

Yangi Zelandiyaning ayollar masalalari bo‘yicha vaziri homilador holatda turuqxonaga velosipedda yo‘l oldi. BBCning yozishicha, uning so‘zlariga ko‘ra mashinada unga joy qolmagan.

Yashillar partiyasi vakilasi Juli Jyenter «Instagram»da o‘zining rafiqi bilan yakshanba tongida velosipedda sayr qilayotganining suratlarini joylashtirdi.

Juli uchun mamlakat bosh vaziri — ishni onalik mehri bilan uyg‘unlashtirgan bosh vazir Jasinda Ardern namuna bo‘lib xizmat qilgan bo‘lishi kerak. Darvoqe, Julining ham, Jasindaning ham Oklenddagi shahar jamoatchilik shifoxonasida  ko‘zi yorigan.

Bir vaqtning o‘zida transport vaziri yordamchisi vazifasida ham ishlayotgan 38 yoshli Jyenter butun mamlakatga ashaddiy velosipedchi sifatida mashhur.

«Mana, vaqt-soati yetib keldi, menga omad tilanglar!» — deb yozgan u o‘z obunachilariga murojaat qila turib. — Men o‘z turmush o‘rtog‘im bilan vilosiped tanladik, chunki mashinada meni qo‘llab-quvvatlovchilar dastidan bo‘sh joy qolmagan ekan, lekin bu mening kayfiyatimni juda ko‘tardi!»

Mavzuga oid