Mashhur portugaliyalik Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘ldi

Foto: Image Sport
Koreya futbol assotsiatsiyasi portugaliyalik mutaxassis Paulu Bentu terma jamoaga yangi bosh murabbiy bo‘lganini e'lon qildi.
49 yoshli mutaxassis bilan 2022 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolandi. Unga Osiyo Kubogi-2019 musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etish va JCh-2022 yo‘llanmasini qo‘lga kiritish vazifasi yuklatildi.
Janubiy Koreya terma jamoasi Bentu qo‘l ostida sentabrda debyut qiladi va Kosta-Rika (7 sentabr) bilan Chili (11 sentabr) terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, Bentu 2010 - 2014 yillar davomida Portugaliya terma jamoasini boshqargan edi.
Mavzuga oid

14:09 / 20.11.2018
O‘zbekiston terma jamoasining Janubiy Koreyaga qarshi o‘yin uchun tarkibi ma'lum

17:25 / 26.08.2018
O‘zbekiston terma jamoasi noyabrda Osiyo grandi bilan bellashadi

21:10 / 27.06.2018
JCh-2018. Germaniya guruhdan chiqolmadi

19:05 / 18.06.2018